Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi fuqarodan 135 ming dollar so‘rab, 80 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda. U 960 metr kvadrat maydonni ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 66,4 mln dollarlik krediti O‘zbekistonning Xorazm viloyatida 230 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurishga yo‘naltiriladi.
Prezident huzurida 2025-yilda Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish, bu orqali ish o‘rinlari va korxonalar yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 44 ta maktab va bog‘cha ta’mirlanib, DXSh asosida yangilari quriladi.
Urganchlik 41 yoshli shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 2,9 mlrd so‘mlik 64 452 dona noqonuniy dori vositalarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda. Uning aybi tasdiqlansa, fuqaro 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Urganch davlat universiteti dekani abituriyentni ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yish uchun taxminan 35 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Urganch hokimligi yerini berish komissiyasi mansabdorlari, xususan, qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular 1,5 ga ekin maydonini savdo shoxobchasi qurish uchun ajratib bergan. Shuningdek, 15 ming kv. m. qishloq xo‘jaligi yerida turar joy qurishga ruxsat berib, 756 mln so‘m zarar yetkazgan.
Tuproqqal’a tumanida dars vaqti gaplashib o‘tirgan ikki nafar o‘quvchiga tanbeh berib, ularni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.
Urganch shahrida 17 yoshli yigit 5-qavatdan avtomashina ustiga quladi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Gurlan tumanida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga bir necha bor tarsaki tushirgani aks etgan video va bolalardan birining qo‘liga igna kirgani surati tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Xonqa tumanidagi maktablarning birida birinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi va ma’muriy javobgarlik bo‘yicha jarimaga tortildi.
Shavkat Mirziyoyev va Fransiyaning Voltalia kompaniyasi bosh direktori To‘proqqal’a tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishini boshladi. Yiliga 254 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu esa viloyatdagi elektr energiyasining 11 foizini qoplaydi.
Xorazmda tadbirkorlarga imtiyozlar belgilanmoqda. Xususan, davlat mulki va yerini xususiylashtirishda 5 yilga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga topshiriladi. Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi.
Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qildi. Viloyatda turizmni rivojlantirishning 3 yillik dasturi qabul qilinadi, imtiyozli kreditlar beriladi, “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Xorazmda qiymati 10 milliard dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi qurilishini ma’lum qildi. “Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qo‘shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi”, — dedi prezident.
Hukumatning tramvay va trolleybus transportida yo‘lovchilarni tashish tizimi samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Unda xodimlarning malakasini oshirish, yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirish va boshqalar ko‘zda tutilgan.
Tarmoqlarda Urganchdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni tepib, tayoq bilan urgan holda mashg‘ulot o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ko‘ra, voqea ortidan 2 xodim ishdan olindi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi pnevmoniyadan vafot etdi. 20 yoshli yigitning kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. U shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgani ma’lum qilindi.
Tarmoqlarda ayol 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga ularni va o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat alohida nazoratiga olinganini bildirdi.
Xorazmdagi “Shovot” chegara bojxona postida XX asr boshlariga tegishli bo‘lgan 2 dona bilaguzukni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumaniga Shuhrat Axmedov, Tuproqqal’a tumaniga Akmal Jimalyazov va Shovot tumaniga Oybek Xolboyev hokim etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting