2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi.
Xorazmda oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlanib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida Nexia avtomobili 11 nafar yuqori sinf o‘quvchilarini urib ketdi. Olgan tan jarohatlari oqibatida ulardan uch nafari voqea joyida, yana bir nafari shifoxonada olamdan ko‘z yumgan. Urganch tumanida sodir bo‘lgan boshqa bir YTHda yuk mashinasi 2-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan, ulardan biri voqea joyida vafot etgan.
Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botir Saidov Xorazm viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yoshli Muxlisa Qadamboyeva osilgan holda topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning homilador bo‘lgani hamda eri va uning oilasi tomonidan kaltaklab kelingani haqida ma’lum qilindi. Prokuratura ushbu xabarni o‘rganmoqda. Vaziyat yuzasidan Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.
Prezident Xorazm viloyatida amalga oshirilishi reja qilingan 1,3 mlrd dollarlik 812 ta investitsiya loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Ularning 273 tasi sanoat, 277 tasi xizmat ko‘rsatish, 262 tasi qishloq xo‘jaligiga oid. Ularni hayotga tadbiq etish natijasida 23 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida bolalar yupun kiyimlarda ishtirok etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, xodimlarga intizomiy chora ko‘rilishi ma’lum qilindi. Mas’ul tashkilot tadbir kuni ob-havo issiq bo‘lganini ta’kidlamoqda. Biroq suratda mutasaddilar bolalarga qaraganda issiqroq kiyimda ekanligini ko‘rish mumkin.
Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelib, Xorazm viloyatining bir qator hududlarida elektr energiyasida uzilishlar yuzaga kelgan.
Xorazmda choyxona egasi, turmush o‘rtog‘i va bir farzandi gaz o‘chog‘idan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ikki farzandi kuchli zaharlangan.
Horazm va Qashqadaryo viloyatining bir qancha tumanlarida elektr ta’minoti to‘xtatildi. Uzilishlar noqulay ob-havo sharoiti tufayli kelib chiqqanligi aytilmoqda.
Xorazm viloyatida uyning devorlari va tomining qulashiga olib kelgan gaz portlashi yuz berdi. Hodisa oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etgan, otasi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Moliya vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Muradbek Davlatov Xorazm viloyati Xonqa tumaniga xokim etib tayinlandi.
Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Temur Davletov Xiva hokimi etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Yangiariq tumanidagi «Yantex Invest» MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi. Shu yerda mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. «Endi davlat idoralari xodimlarining moddiy manfaatdorligi odamlarning roziligidan kelib chiqib belgilanadigan tizim qilamiz», — dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Xonqa tumanidagi yil davomida hosil olish imkoniyatiga ega innovatsion issiqxona faoliyati bilan tanishdi. “Xorazm qishloq xo‘jaligining kelajagi shu”, — dedi davlat rahbari va qo‘shimcha sifatida har bir issiqxonaning laboratoriyasi, o‘z brendi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Mast fuqaro temir yo‘lda uxlab yotgani sababli «Xiva-Urganch-Toshkent» poyezdi 16 daqiqaga to‘xtab qoldi. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Tuman hokimi o‘rinbosari va IIB xodimi chegara oldi hududida noqonuniy ov qilib, yovvoyi to‘ng‘izni otib o‘ldirishgan. Ularning yonidan 6 dona ov quroli, 105 ta o‘q-dori va qarmoqlar chiqqan. Ular ekologiya inspektorlariga bosim o‘tkazishgani aytilmoqda.
Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting