Abduaziz Isoqulov AQSh hukumatining OTM talabalari uchun mo‘ljallangan eng yirik — Fulbright stipendiyasini yutib olib, Nyu-Yorkdagi Fordhem universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga o‘qishga kirgan. “Xorij diplomi” loyihasida u stipendiya, Amerika ta’lim tizimi va ish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.
Tolibjon Olimjonov 2017-yili almashuv dasturi asosida Turin universitetiga o‘qishga kirgan. Bir yil o‘tib o‘qish va yashash xarajatlarini qoplaydigan stipendiya egasiga aylangan. U “Xorij diplomi” loyihasida Italiya universitetiga qanday qilib o‘qishga kirish va bepul ta’lim olish haqida gapirib berdi.
Otabek Zufarov 2021-yili Polshaning eng yaxshi uchta oliygohidan biri hisoblangan Poznandagi Adam Mitskevich universitetiga o‘qishga kirgan. “Xorij diplomi” loyihasi uchun bergan intervyusida u viza olish qiyinchiliklari va Polsha ta’lim tizimi afzalliklari haqida gapirib berdi.
Toshkentdagi Vestminster universiteti talabasi Diyora Ahrorova 2018-yili Dubaydagi SP Jain global menejment maktabiga o‘qishga kirgan. U “Xorij diplomi” loyihasi uchun Amirliklardagi qabul jarayoni, ta’lim tizimi va talabalik hayoti haqida gapirib berdi.
Azizbek Ahmadjonov 2021-yili Finlyandiyaning eng yaxshi OTMlaridan biri — Tampere universitetida tahsil olish uchun stipendiya egasiga aylangan edi. “Xorij diplomi” loyihasida u Yevropada o‘qish orzusi, xorijga ko‘chib o‘tish va fin talabalarining an’analari haqida gapirib berdi.
2018-yili Janubiy Koreya universitetlaridan biriga o‘qishga kirgan Shahnoza Burhonova Ulsandagi uch yillik tahsil davomida sayohat qilish bilan birga o‘zi uchun koreys madaniyatini ham kashf etdi. “Xorij diplomi” loyihasida u Janubiy Koreyadagi hayoti va ushbu mamlakat ta’lim tizimi haqida hikoya qildi.
Neft konlari kompaniyasi menejeri Rustam Yunusov 2023-yilda Malayziyaning Petronas universitetiga o‘qish uchun jo‘nab ketdi. “Xorijiy diplom” loyihasi doirasida u universitetni tanlash jarayoni, qat’iy dars jadvali va milliy ta’lim tizimi, bepul davolanish va arzon yashash xarajatlari xususida so‘zlab berdi.
2022-yilda Karina Daulbayeva Yevropaning eng mashhur OTMlardan biri — dunyoning Top-50 taligiga kiruvchi Amsterdam universitetiga o‘qishga kirdi. “Xorij diplomi” loyihasi doirasida u qanday qilib Niderlandiyaga ko‘chib o‘tgani, talaba xarajatlari va gollandlarning turmush tarzi haqida so‘zlab berdi.
2019-yilda Hojiakbar Xolmatov Xitoyga o‘qish uchun jo‘nab ketdi. Uyidan olisda o‘tkazgan 4 yil mobaynida u xitoy tilini o‘rgandi, mamlakatning eng yaxshi universitetlaridan biriga grant asosida o‘qishga kirdi va 20 ta shaharga bordi. U Xitoy ta’lim tizimi va talabalar hayoti haqida so‘zlab berdi.
Xorijiy ta’lim — bu inson hayotidagi noyob tajriba va omadli karera qurish imkoniyati. “Gazeta.uz”ning yangi “Xorijiy diplom” loyihasi doirasida talabalardan universitet tanlash, grantlarni topish va xalqaro ta’lim tizimi haqida so‘raymiz. Ilk mehmon — Yaponiya universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonova.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting