Afg‘onistonda chorshanba kuni sodir bo‘lgan kuchli zilziladan talofat ko‘rgan aholiga Pokiston, Eron va Qatardan gumanitar yordam yuklari yetib keldi. Shifoxonada jabrlanuvchilardan biri oilasining 19 nafar a’zosini yo‘qotganini so‘zlab berdi. Bundan tashqari, Paktikada suv toshqini ham kuzatildi.
22 iyun kuni tunda Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 6,1 magnitudali zilzila oqibatida qariyb 300 kishi halok bo‘lgani, 600 dan ortiq kishi esa jarohat olgani aytilmoqda. Qo‘shni mamlakatdagi yerosti silkinishlari O‘zbekiston hududlarida ham (2−3 ball atrofida) sezildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting