Unga til saratoni, keyinroq o‘pka va ko‘krak bezi saratoni, ko‘p o‘tmay oqqon tashxisi qo‘yilgan. U kasalliklar bilan birga oilaviy va moddiy qiyinchiliklar bilan ham sinalgan. “Iroda” loyihasining bu galgi qahramoni — taqdir zarbalarini yengish uchun farzandlaridan kuch olgan Dildora Mavlonova.
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash markazlarini ochgan tadbirkorlarga davlat granti ajratilib, 1 nafar ayol uchun 3 mln so‘mdan oshmagan miqdorda pul to‘lanadi. Mablag‘lar Oila va xotin-qizlar jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekistonda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlar uchun davlat granti ajratiladi.
2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
Kollej va texnikumlarning qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘qishga topshirgan xotin-qizlarga to‘liq grant joriy etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatda 3 yoshgacha bolasi bor o‘quvchilarga masofaviy ta’limga ruxsat berish ham nazarda tutilmoqda.
«Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti 800 nafar xotin-qiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Natijalar 59 foiz ayol turmushida zo‘ravonlikka duch kelmagani, 40 foizi esa kamsitishlarga uchrashini ko‘rsatdi. 7 foiz ayol uchun bu hamon odatiy hol. Vaziyat o‘tgan yil bilan solishtirganda, umuman o‘zgarmagan.
Toshkent fotosuratlar uyida «O‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida» mavzusida ko‘rgazma ochildi. Unda o‘zbek xotin-qizlari aks etgan 200 dan ziyod fotosurat namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, ular orasida ilk bor jamoatchilik e’tiboriga havola qilinayotgan o‘nlab kadrlar bor. Ko‘rgazma 11 martgacha davom etadi.
O‘zbekiston Adliya vazirligi qonunchilikda ayollarga qanday imtiyoz va yengilliklar ko‘rsatib o‘tilgani bo‘yicha ma’lumot berdi.
Tarmoqlarda 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar OTMga imtihonlarsiz qabul qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim vazirligi bunday tartib yo‘qligini, ish tajribasi bor ayollar ham imtihon topshirishi va ularga 500 ta bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi kvota ajratilishini bildirdi.
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti yarim yil davomida O‘zbekistonning 5 ta hududida sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Unda zo‘ravonlikka uchragan 18−34 yosh oralig‘idagi 420 nafar respondent qatnashdi. Ayollarning 39,4 foizi erga gap qaytarishni zo‘ravonlik holatiga sabab qilib ko‘rsatgan.
Magistraturada to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt summasini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Buning uchun talabgorlar 15 sentabrga qadar o‘zlari ta’lim oladigan muassasa rektori nomiga ariza bilan murojaat etishlari talab qilinadi.
USAID tashabbusi bilan Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan 250 nafarga yaqin xotin-qiz elektron tijorat, ijtimoiy tarmoqlar marketingi va reklama bo‘yicha o‘qitiladi. Mashg‘ulotlar yakunida ular onlayn do‘konlarini ochish, global va mahalliy platformalar orqali tovarlarni sotish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Hukumat qarori bilan kollej yoki texnikum diplomidagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar kontrakt asosida OTMga qabul qilinadi. Bunda tavsiyanomaga ega abituriyentlar orasida alohida test o‘tkaziladi, ular orasidan yuqori ball to‘plagan 500 nafarigina OTMga kira oladi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva 2018−2021 yillarda «Ayollar daftari»ga kiritilgan 1 mln nafarga yaqin xotin-qizlarning muammolari hal etilganini ma’lum qildi. Jumladan, xotin-qizlarning 2730 nafari uy-joy, 590 mingga yaqini esa doimiy ish bilan ta’minlangan. So‘nggi 3 yilda 208,5 ming ayolga 7,7 trln so‘mdan ortiq kredit ham berilgan.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat tajribasiga ega ayollarni OTMlarga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilish taklifini bildirdi. Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida tavsiyanoma 3 yilga berilishi, ularga alohida kvota ajratilishi va bunday abituriyentlar o‘rtasida alohida test sinovlari o‘tkazilishi belgilanmoqda.
2024 yilgacha barcha davlat organlari va muassasalarida rahbarning kamida bitta o‘rinbosari ayol kishi bo‘ladi. Bu prezident farmonida nazarda tutilgan.
Prezident dushanba kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida «Olima ayollar jamiyati» tuzilishi va unga har yili 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. «Ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy yangilik yaratish — bu igna bilan quduq qazishga barobar», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Ular orasida tadbirkor, o‘qituvchi, san’at sohasi vakillari, hokim va prokuror lavozimida faoliyat yuritayotgan ayollar bor. Shuningdek, 28 nafar ayol-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgan Abdulla Qo‘ldoshev, yangi tashkil etilgan Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi, mahalla vaziri v.b. lavozimiga ma’qullangan Tursinxan Xudaybergenov, O‘zbekistonning 2021 yildagi davlat qarzi qariyb 3 mlrd dollarga ko‘paygani, yangi o‘quv yilidan budjetdan to‘lab berilayotgan 23 ming magistr qizning kontrakti va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 1 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Hukumat qarori bilan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badali to‘lab beriladi. Shuningdek, ular vaqtincha ijtimoiy uylarga ijaraga qo‘yilishi ham mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarga esa birinchi qavatdagi uylar ijaraga beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting