Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat va tuman XTBlarni tanqid qildi. «Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, o‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak?» — dedi prezident.
Toshkent shahridagi xususiy maktablarning birida o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. XTV matbuot kotibi bolalarni hech qachon va hech qanday holatda kaltaklash mumkin emasligini ta’kidladi.
Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari 57 mlrd so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzarliklar, kamomad va o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Hozirda prokuratura mazkur ishni o‘rganmoqda.
Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limining mudiri vazifasini bajaruvchi, metodisti va bosh hisobchisi chet tili o‘qituvchilariga darslik sotib olishi uchun tarqatilayotgan 1 mln so‘mni naqd ko‘rinishda bergani, qolaversa, 60 ming so‘mlik darsliklarni 483 ming so‘mdan sotgani uchun ishdan bo‘shatildi.
Buxoro viloyati Xalq ta’lim boshqarmasining «Yoshlik» sport jamiyatiga o‘quvchi va o‘qituvchilarni a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinib, natijada ulardan 1,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirish ko‘zda tutilgan. Prokuraturaning aralashuvidan so‘ng, buyruq bekor qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting