Toshkentdagi 1,83 ga maydonga ega Askiya bozori mulki va hududi auksionga chiqarildi. Obyektning boshlang‘ich qiymati 214,8 milliard so‘mga (taxminan $16,8 mln) baholangan. Avvalroq Yakkasaroy tumani hokimligi bozor o‘rnida mehmonxona va savdo markazi qurilishini ko‘zda tutuvchi loyihani taqdim etgandi.
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi. Hokimlik loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishini ma’lum qildi.
Toshkentda qazish ishlarini olib borayotgan ekskavator gaz quvurini uzib yubordi. Oqibatda Yakkasaroy tumanidagi 3500 ta yerli xonadon, shuningdek, Miroboddagi bir qancha ko‘chalar iste’molchilari tabiiy gazdan vaqtincha uzildi.
Yakkasaroy tumanida 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 34 yoshli piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi.
Chorshanba kuni Yakkasaroy tumanida samarqandlik fuqaro boshqaruvidagi Lacetti Spark va Matiz mashinalari bilan to‘qnashadi. Oqibatda Matiz ag‘darilib, qarshisida turgan avtobusga urilgan. Ikki avtomobil yo‘lovchilari tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting