«yangi toshkent» tegli maqolalar


“Yangi Toshkent loyihasini boshlamasak, Toshkentda besh yildan keyin odamlar yashay olmaydi” — prezident
10 sentabr 2023, 16:08

“Yangi Toshkent loyihasini boshlamasak, Toshkentda besh yildan keyin odamlar yashay olmaydi” — prezident

O‘zbekiston prezidenti “Yangi Toshkent” loyihasini boshlash muhimligini, aks holda besh yildan keyin “poytaxtda odamlar yashay olmasligini” aytdi.

“Aqlli” “bog‘ shahar”. Prezidentga Yangi Toshkentning bosh rejasi loyihasi taqdim etildi
5 sentabr 2023, 23:07

“Aqlli” “bog‘ shahar”. Prezidentga Yangi Toshkentning bosh rejasi loyihasi taqdim etildi

Prezident Yangi Toshkentning bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Unda asosiy e’tibor “yashillik, qulaylik va tejamkorlik”ka qaratilgan. Shahar komponentlari loyihasi 20 ta xorijiy kompaniya tomonidan ishlab chiqilmoqda. “Odamlar birinchi o‘rinda bo‘lishi zarur”, — dedi Mirziyoyev.

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi
7 avgust 2023, 20:46

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi

Prezident qarori bilan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Davronjon Odilov “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori etib tayinlandi.

Yangi Toshkentda 50 gektarlik akvapark quriladi. Ajratiladigan mablag‘ — $200 mln
27 iyul 2023, 12:37

Yangi Toshkentda 50 gektarlik akvapark quriladi. Ajratiladigan mablag‘ — $200 mln

Prezident farmoniga ko‘ra, poytaxtdagi yashil hudud 5 ming gektarga yetkaziladi (hozir 900 gektar). Hujjatda Yangi Toshkentdagi 50 gektar maydonda akvapark va 35 gektarda sun’iy ko‘l tashkil qilinishi belgilangan. Akvapark qurilishi uchun 200 mln dollar ajratiladi.

Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya va kengash tuzildi
26 iyul 2023, 11:29

Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya va kengash tuzildi

Prezident Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya va muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilishini ma’qulladi. Birinchisiga qurilish vaziri o‘rinbosari, ikkinchisiga bosh vazir rahbarlik qiladi. Direksiya shaharni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqadi, investorlar bilan shartnoma tuzadi va boshqa ishlarni bajaradi.

“Yangi Toshkent” bosh rejasi jahon arxitektura byurolari tomonidan ishlab chiqiladi
24 iyul 2023, 20:58

“Yangi Toshkent” bosh rejasi jahon arxitektura byurolari tomonidan ishlab chiqiladi

“Yangi Toshkent” bosh rejasini ishlab chiqish uchun jahon arxitektura byurolari — Singapurning Meinhardt, Britaniyaning Foster + Partners va Gollandiyaning OMA kompaniyalari jalb qilindi.

Yangi Toshkent investorlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish texnikasi importida bojdan ozod etiladi
24 iyul 2023, 12:51

Yangi Toshkent investorlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish texnikasi importida bojdan ozod etiladi

Yangi Toshkent investorlari, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari hamda direksiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod etiladi.

Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi yerlarining qaysi hududlari Yangi Toshkentga o‘tkazilishi belgilandi
24 iyul 2023, 11:44

Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi yerlarining qaysi hududlari Yangi Toshkentga o‘tkazilishi belgilandi

Prezident qarori bilan Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi 10 ta mavze hamda Sholichilik institutining qishloq xo‘jaligi yerlari Yangi Toshkent shahriga ajratiladi. Yerlarning toifasi o‘zgartirilgani uchun qishloq va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya undirilmaydi.

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi
21 iyul 2023, 11:16

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

Prezident qarori bilan Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi
31 may 2023, 21:24

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi

Yangi Toshkentni qurish uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tmoqda. Shundan 12,9 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi.

Poytaxtdagi davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
18 mart 2023, 11:39

Poytaxtdagi davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida 20 ming gektar maydonni egalaydigan Yangi Toshkent quriladi. Poytaxtdagi davlat idoralari ham u yerga ko‘chib boradi. Hozirgi binolar o‘rnida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkentni turizm va biznes markaziga aylantirish reja qilinmoqda.

«Har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olish kerak». Prezident — Toshkent bosh rejasining loyihasi haqida
18 oktabr 2022, 16:59

«Har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olish kerak». Prezident — Toshkent bosh rejasining loyihasi haqida

Prezidentga «Yangi Toshkent» konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh reja loyihasi taqdim etildi. Shavkat Mirziyoyev har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olib, aql bilan, sifatli qurish kerakligini ta’kidladi.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi
7 aprel 2022, 11:20

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab 610 gektar maydonda quriladigan binolar loyihalari bilan tanishdi. Uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar to‘rt qavatli va to‘rt xil dizaynga ega bo‘ladi. Shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi. Bundan tashqari, prezident Olimpiya shaharchasi loyihasini tasdiqladi.

Prezident: «Yangi Toshkent» barpo etiladi, poytaxt «yashil hudud» ga aylantiriladi
31 avgust 2021, 13:59

Prezident: «Yangi Toshkent» barpo etiladi, poytaxt «yashil hudud» ga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida «Yangi Toshkent» loyihasi amalga oshirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha 2−3 oyda ommaga taqdim etiladi va uni «bahavo joyda» qurish ko‘zda tutilgan. «Endilikda Toshkentda qurilish emas, yashil hudud barpo etiladi», — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting