Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarda yashovchi 4300 ta xonadon 2−3 yildan so‘ng investorning o‘zi moliyalashtiradigan “Yangi mahalla” turar-joy majmuasiga ko‘chiriladi. Ularga tekinga tayyor yangi uy beriladi. Umumiy 13 392 ta xonadonga mo‘ljallangan yangi majmuaning qolgan qismida sotiladigan uylar bo‘ladi. Batafsil.
Toshkent shahridagi sexlarning biriga tegishli omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 09:48 da yetib borgan, 11:28 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnika jalb etildi.
Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida ishlayotgan 23 yoshli yigit boshiga 14-qavatdan qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Poytaxtning Yangihayot tumanida 2 ta yirik chinor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib ketildi. Ekoboshqarma holatni o‘rganmoqda. «Daraxtlar qurilish uchun yoqilgani haqidagi taxminlar haqiqatga mos emas», — deya izoh berdi boshqarma.
Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqdi. Oqibat uy jihozlari va uyning ichki qismining 30 kv. metr maydoniga zarar yetdi hamda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumaniga tashrifi chog‘ida mahalla davlatning asosi ekani, u obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘lishini ta’kidladi. «Ko‘rayapsizlar, zamon tahlikali bo‘lib turibdi. Qiyinchiliksiz oila bo‘lmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning o‘zi yo‘q. Biz ham sabr bilan, ilm bilan, mehnat va harakatimiz bilan rejalarimizni amalga oshirayapmiz», — dedi u.
Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Hayot Inog‘omov Yangihayot tumani hokimligiga tasdiqlandi. Shuningdek, Yangihayot tumani prokurori lavozimini Azamat Azimov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavomini esa Murat Raimov egalladi.
Toshkent shahri tarkibida Yangihayot, Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarorlari tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting