Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida nazorat reyd tadbiri vaqtida 4 nafar noma’lum shaxs tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi. Ular mashinasida yo‘lni to‘sib, inspektorlar faoliyatiga to‘sqinlik qildi. Xodimlarga shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatildi, IIB vaziyatni o‘rganmoqda.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi. Binoning ayrim qismlarida g‘isht mustahkam terilmagani aniqlangan.
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l shahar hokimi v. b. bo‘ldi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev energiya ta’minoti va chiqindilarni olib chiqib ketish shaharning asosiy muammolari ekanini aytib, shaharni tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli aksiya tashkil etishga va’da berdi.
Toshkent viloyatida qiymati 26 mln so‘mdan ortiq 100 va 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni muomalaga chiqarishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ularning pullarni Bo‘stonliqdagi ijaraga olgan dala hovlisida tayyorlagani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi suv tozalash inshooti bir necha yildan beri ishlamay turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshida ta’mirlash ishlari Hisob palatasi tomonidan to‘xtatib qo‘yildi, Qurilish vaziri va Uy-joy kommunal xizmatining sobiq rahbarining «xoxishi sababli ishlar cho‘zilib», ob’ekt uchinchi yil o‘zgarishsiz turibdi.
Yangiyo‘l shahrida 8 yoshli maktab o‘quvchisini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Fuqaro bundan avval qasddan odam o‘ldirish va bosqinchilik uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi.
Yangiyo‘ldagi maktab sinfxonasida shift ko‘chib tushib, ikki nafar 6 sinf o‘quvchilarini jarohatladi. Maktabning ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyatiga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m evaziga amalga oshirilgan.
Yangiyo‘lda maktabdan chiqqan birinchi sinf o‘quvchisini o‘zi bilan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxsni qidirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu hodisa haqidagi ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Yangiyo‘l shahrida 12 yanvar kuni 06:00 dan 20:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilib, bir qancha hududlarda uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting