FVB xodimlari Toshkentning Yashnobod tumanida 10 metr chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni qutqardi. Fuqaro yengil tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazorati ostida.
Toshkentning Yashnobod tumanidagi FVB qismida 4 mln 65 ming donadan ziyod salyut va petardalar dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirildi va maxsus xandaqqa ko‘mib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida ikki nafar 20 yoshli yigit o‘zgalarga tegishli bo‘lgan ikkita Damas avtomashinasini olib qochdi. Ular qo‘lga olinib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Toshkentdagi “L-Parkentskiy-1” elektr tarmog‘i va “Lafarga” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida ikkita tumandagi 3 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Hudud aholisi 4−5 soatdan buyon chiroq yonmayotganidan shikoyat qilmoqda. Energetika vazirligi noqulaylik uchun uzr so‘radi.
Toshkentdagi 152-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» pedagog Gulchehra Mamajonovaga mikrofon tutdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, direktorning unga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lgan va ishdan bo‘shatishga uringan. Direktor esa intervyu berishdan bosh tortdi.
Toshkentning Yashnobod tumanida qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesib tashlanishi oqibatida o‘simlik dunyosiga zarar yetkazilgandi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, quruvchi tashkilotdan 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirildi, 200 tup daraxt ham ektirilmoqda.
Yashnobod tumanidagi «Orient Logistics Center» korxonasining motor moyi mahsulotlari omborida yong‘in chiqdi. Yong‘in oqibatida binoning 2000 kv. metr maydonidagi moy mahsulotlari zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.
Gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 17 mart kuni Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Toshkentning Bektemir tumani sektor rahbarlari, jumladan, hokim Shohrux Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Prezident tumanga tashrifi vaqtida ular faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi. Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham lavozimini tark etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting