Yevropa parlamenti havo sifatining JSST tavsiyalariga yaqinroq bo‘lgan yangi standartlarini qabul qildi. Rasmiylar bu chora Yevropada bevaqt o‘limlar sonini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Bu dunyodagi bunday miqyosdagi birinchi qoidalar to‘plami hisoblanadi. Hujjat fuqarolarning huquqlariga tahdid soluvchi SI tizimlaridan foydalanishni taqiqlaydi, shuningdek, SI tarkibini aniq belgilashni talab qiladi.
Yevroparlament Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tganlik uchun jinoiy jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Sanksiyani buzgan shaxslar besh yilgacha qamoq jazosiga, kompaniyalar esa jarimaga tortiladi.
Yevroparlament O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirdi va rasmiylarni shunga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi organi, shuningdek, “Rossiya davlat kompaniyalari va O‘zbekiston gaz sektoridan foyda ko‘ruvchi insayderlarga berilgan imtiyozlardan” afsusda.
Yevroparlament Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Ukrainadagi jinoyatlari, xususan, ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda Rossiyaning sherigi deb tan oldi va Gaagadagi sudni uni hibsga olishga order berishga chaqirdi. Shunga o‘xshash hujjat avval Rossiya prezidentining hibsga olinishi uchun chiqarilgandi.
Yevroparlament deputatlari ko‘pchilik ovoz bilan Qirg‘izistonda so‘z erkinligiga bosim to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda mamlakat rasmiylari bir qator munozarali qonun loyihalarini qaytarib olishga va qator jurnalistlarga nisbatan ayblovlarni olib tashlashga chaqirilgan.
Yevroparlament Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi tinch aholiga nisbatan vahshiyliklari uchun Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan oldi. Shuningdek, deputatlar Yevropa kengashini Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi va «Qodirovchilar» polkini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting