Haydovchi Toshkentda BMW sport mototsiklida soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video joylashtirdi. U tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi.
Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan “avariya”da skuter haydovchisi jarohatlandi. U tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.
Poytaxt YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi (“Gvardeyskaya”) rekonstruksiya qilish uchun yopiladi. Haydovchilar shahardagi boshqa bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekistonda 1-iyuldan skuter va mopedlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat raqamlarini berishni joriy etish rejalashtirilmoqda. 2025-yildan esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan boshqarishni taqiqlash taklif qilinyapti.
3−4-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tog‘laridagi dam olish maskanlariga borish uchun transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bunda ob-havo sharoiti, fuqarolarning tashrifi ortishi va yo‘llardagi tirbandlik inobatga olingan.
Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan kamida 4 nafar yigit mashinalarda xavfli harakatlar sodir etdi. Sud ularga nisbatan BHMning 1 baravari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosini tayinladi. Yigitlarning ota-onalariga ham chora ko‘rildi.
Uzun tumanida Gentra avtomashinasi jarlikka qulashi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Holatga haydovchining tog‘li yo‘llarda xavfli burilishlarga e’tibor bermay harakatlangani sabab bo‘lgan.
Yashnobod tumanida tunda 19 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Cobalt ag‘darilib, yonib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. YTH oqibatida u shifoxonaga yotqizildi.
Asaka tumanida viloyat IIB YHXB xodimi Spark mashinasida yo‘ldagi muzlama sabab ikki kishini urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyatida Cobalt avtomashinasi va paxta tashuvchi traktorning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi. Traktor haydovchilari o‘rtasida tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda, deyilgan YHXB xabarida.
Poytaxtning Navoiy ko‘chasida sinov tariqasida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash uchun intellektual foto va videoni qayd etish kameralari o‘rnatildi. Ushbu aqlli radarlar Avstriyaning «Glans Gresselchaft Tashkent» kompaniyasiga tegishli bo‘lib, shahar hokimiyati ko‘chani raqamlashtirish taklifini o‘rganmoqda.
Surxondaryo YHXBga tegishli 75 424 VSF hamda 75 701 VSF raqamli ikkita «Lacetti» mashinasi jami 83 marta qoida buzgani, biroq jarima undirilmagani ma’lum bo‘ldi. Viloyat prokuraturasi haydovchilar qoidalarni xizmat davomida «oxirgi zarurat holatida buzgani» sababli jarimalar bekor qilinganini qayd etdi.
Qashqadaryoda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i sherigi bilan pora olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi. IIBB uning haydovchi hujjatlari tekshirilayotganda YHXB hodimlarini haqoratlab, janjal ko‘targanini ma’lum qildi. Uchastkada hujjatlar rasmiylashtirilayotgan vaqtda telefonidan taqiqlangan videomaterial va fotosuratlar aniqlandi, deya xabar qildi boshqarma.
Poytaxt YHXBga ORA IQ rusumli elektromobillar foydalanishga topshirildi. Tajribaning maqsadi ushbu transport vositasining ichki ishlar idoralarida ishlatiladigan avtoulovlarga nisbatan ustunligi yoki kamchiliklarni o‘rganishdan iborat, deya qayd etdi boshqarma.
Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chirog‘ini yoqib yurish tartibi 1 yanvardan kuchga kiradi. Ushbu tartibni bekor qilish bo‘yicha bir guruh deputatlar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hamda Ichki ishlar vazirligiga so‘rov xati kiritilgani ma’lum qilindi.
Haydovchilik guvohnomalarini olish imtihonlari xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Ichki ishlar vazirligi butun jarayonni nazorat qilish huquqini saqlab qoladi. Yangi tizimning 2021 yil davomida joriy etilishi kutilmoqda.
547,2 ming dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan Mercedes-Benz to‘xtatildi. Olib ketilayotgan mahsulotning taxminiy qiymati 38 mln so‘m deb belgilanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting