Poytaxtda Mustaqillik bayrami munosabati bilan xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkentning Nurliyo‘l, Xonobod 1-tor va Qipchoq ko‘chalarining bir qismi 19-iyul kuni soat 15:00 dan 21-iyul 21:00 ga qadar yopiladi. Bu vaqtda metroning yer usti halqa liniyasida qurilish ishlari olib boriladi.
Yoshlar kuni munosabati bilan ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan Olympic day musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda 23-iyundan 25-iyungacha avtomobillar harakati cheklanadi.
Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar 4-iyun kuni velomarafon o‘tkazilishi sababli soat 8:00 dan 11:00 ga qadar transportlar harakati uchun yopiladi (ro‘yxat).
Toshkent shahrida “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi sababli 20−21-may kunlari poytaxtdagi bir qator ko‘chalar avtotransportlar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
15-maydan Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining bir qismi noma’lum muddatga yopildi. Bu vaqtda ko‘cha bo‘ylab yangi elektr tarmog‘ini qurish ishlari olib boriladi.
Xalqaro velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 10−11−13−14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish to‘xtatildi. Ro‘yxat.
21-aprel kuni Toshkent shahridagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi (ro‘yxat).
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sabab 1-aprel kuni Yangi O‘zbekiston va unga tutash Jasorat ko‘chasida avtomobil harakati cheklanadi.
Toshkentda 2-aprel kuni Amir Temur tavalludi munosabati bilan yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu kuni ayrim ko‘chalarda 3 soat davomida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Toshkentdagi Cho‘lpon ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l 4 aprelga qadar yopildi. Bu vaqtda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Poytaxtda 5-mart kuni “Xavfsiz hayot uchun” aksiyasi doirasida yurish marafoni o‘tkaziladi. Shu sababli ayrim ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi.
Poytaxtning qator markaziy ko‘chalari 19 fevral kuni «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.
Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 1 dekabrdan 15 dekabrga qadar yopiladi.
«Davlat bayrog‘i kuni» munosabati bilan o‘tkaziladigan «Yangi nafas» yugurish tadbirlari sabab 12−13 noyabr kunlari Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarining bir qismi avtotransport harakati uchun cheklanadi.
Toshkent shahrida Farhod ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Lutfiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 17−21 oktabr kunlari qisman yopiladi. Bu vaqtda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Yakshanba kuni «Business Run» marafoni o‘tkazilishi sabab Islom Karimov, Afrosiyob hamda Sharof Rashidov ko‘chalari soat 06:00 dan soat 11:00 gacha yopiladi.
Juma kuni «Open-air» konserti o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldidan o‘tuvchi ko‘cha transport harakati uchun soat 18:30 dan 23:00 gacha yopiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting