10-may kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel-suv toshqinlari yuz berdi. Avtomobil yo‘llari, ekin maydonlarini suv bosdi, daraxtlar quladi. Jala tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. “Gazeta.uz” yog‘ingarchilik va u yetkazgan talafot aks etgan videolarni havola etadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Braziliya va Xitoyda yuz bergan suv toshqinlari munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. 29-aprel kuni boshlangan yomg‘irlar sababli Braziliyada 29 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi bedarak yo‘qolgan. Xitoyda esa yuz minglab aholi evakuatsiya qilingan.
Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekistonda ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari 0…-5, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Poytaxtda esa 28-fevral va 1-martda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
2024-yilning yanvar oyida harorat juda iliq bo‘ldi. Iqlim me’yoridan yuqori bo‘lgan harorat deyarli oy davomida saqlanib turdi. O‘zgidrometning ma’lumot berishicha, o‘tgan oy meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.
Shanba kuni O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda asosan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada ba’zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +3…+8 daraja iliq, kechasi 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.
O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel-suv toshqin hodisalari 2022-yilda (171 ta) kuzatildi. “Eng achinarli holat — bundan insonlarning halok bo‘lishi qayd etilmoqda”, — dedi O‘zgidromet agentligi boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Zahidov.
Gonkongda so‘nggi 140 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Shahar ko‘chalari, vokzal va savdo markazlari suv ostida qoldi. Suv toshqinlari oqibatida 130 dan ortiq kishi jarohatlandi, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Tojikistonda yakshanba kuni yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar sababli Vahdat va Rudakiy hududlarida 13 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
1−2 fevral kunlari Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 9 ta viloyatda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim viloyatlarda kuchli shamollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Toshkentda o‘rtacha oylik miqdor 17 mm ni tashkil etgan bir vaqtda, oy boshidan buyon 22 mm yoki me’yordagidan 130 foiz ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘di. 20 iyun kuni poytaxt markazida 15 mm, xalqaro aeroport hududida 21 mm yomg‘ir yog‘di.
Jizzaxning Baxmal, G‘allaorol, Forish tumanlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel kelishi va toshqinlar kuzatildi. Maktab va bog‘cha zarar ko‘rdi. Hodisa tufayli 4 kishi halok bo‘ldi. O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulaxatovning aytishicha, ikki soat ichida G‘allaorol meteorologiya stansiyasi yillik yog‘ingarchilikning deyarli 10 foizini qayd etgan.
Vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirilgan O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi, 8 kun dam oladigan maktab o‘quvchilari, Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik, respublikada joriy etilayotgan 3 yillik IT-Visa, mast holda mashina boshqarganlarni 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda kuzatilayotgan muttasil yog‘ingarchiliklarning boshoqli don, chigit yetishtirishga, bog‘ va tokzorlarga ta’siri qanday bo‘lishi va ko‘riladigan choralar haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonliklar yangi yilni yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havoda kutib oladi. Faqat 4 yanvar kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, shu kuni qor faqat tog‘li hududlarda yog‘adi. Umuman olganda, O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda Yangi yilda qor yog‘ishi kam uchraydigan holat. 31 dekabrda yog‘ingarchilik o‘rtacha 4−5 yilda bir marta, 1 yanvarda esa 2−3 yilda bir marta kuzatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting