O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, bir qator yangi moliyaviy yordamlar joriy etiladi.
AQSh USAID agentligi orqali O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamni taqdim etdi. U sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari hamda ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlanadi. 2021 yildan buyon qariyb 1300 tonna shunday yordam yetkazib berildi.
Xorijdagi konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag‘larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin. Muassasa 2 ish kunida fuqarodan arizani qabul qiladi va Tashqi ishlar vazirligining roziligiga ko‘ra fuqaro bilan qarz shartnomasi tuziladi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkaziladi.
Yetti nafar Rospotrebnadzor mutaxassisi — epidemiolog, virusolog va infeksionistlar — hamkasblariga yordamlashish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular onlayn maslahatlar berib, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda Rossiyaning muvaffaqiyatli tajribalarini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganadi.
Germaniyalik tibbiyot mutaxassislari guruhi koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilib, o‘z tavsiyalarini beradidar.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 100 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalardan iborat ro‘yxatni shakllantirdi. Ro‘yxatga kiritilmagan, biroq oziq-ovqat, dori-darmonga ehtiyoji bo‘lgan oilalarga 1197 va 71−203−01−21 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting