Qo‘qon pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga o‘rnatilgan yashirin kamera ortidan prorektor va uch mas’ul xodim ishdan bo‘shatildi, deya ma’lum qildi Oliy ta’lim vazirligi. Avvalroq OTM rektori xonaga talabalarning psixologik muamolari bilan ishlash maqsadida kamera o‘rnatilganini qayd etgandi.
Navbatdagi o‘quv yilida davlat xususiy OTMlarga 22 yo‘nalish bo‘yicha 500 ta grant o‘rinlari ajratadi. OTMlarga hujjat topshirish jarayoni besh kun ichida boshlanadi. Prezident talabalarni turar joylar bilan ta’minlash ishlari doirasida byudjetdan 50 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Yotoqxona va xostellar quriladigan yer maydonlari auksion orqali taqdim etiladi.
Barcha hududlarda ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimi joriy qilinadi. Ijarada turadigan talabalar bilan profilaktik tadbirlar qamrovi va sifati oshiriladi.
Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslar uy karantiniga hamda OTM va kasb-hunar kollejlarining talabalar turar-joylari bazasida tashkil etilgan karantinda saqlash joylariga o‘tkaziladi. Oliy ta’lim vazirligi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan karantinda saqlash infratuzilmasiga ega OTM va kollejlar ro‘yxatini tuzib chiqadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting