Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, ichki yo‘llar va ko‘priklar hokimiyatlar balansida ekani sababli ularning ko‘pi “ta’mirtalab holatda”. Shu bois endi hududiy obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil etiladi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi.
Prezident Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida yangi loyiha bo‘yicha ta’mirlanayotgan yo‘lni ko‘zdan kechirdi. U 20 yilgacha xizmat qilishi kerak bo‘lgan yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan. Shavkat Mirziyoyev loyihani yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Uni ta’mirlash 2022-yil boshida muhokama qilingandi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda pulli yo‘llar qurishni reja qilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash taklif etilmoqda.
Besh oy davomida “O‘zyo‘linspeksiya” O‘zbekistondagi yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlikni aniqladi. 20 ta holatda mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, 52 ta holatda sifatsiz ish uchun to‘lovni bekor qilish to‘g‘risida talabnomalar kiritilgan.
Qorli Toshkent ko‘chalarini tozalashga dekabr oyidagi vaziyatga qaraganda ko‘proq texnika (200 dan ortiq) va obodonlashtirish xizmati xodimlari (6 mingga yaqin) jalb qilingan. Kechasi asosiy ko‘chalar qordan tozalandi va qum-tuz aralashmasi sepib chiqildi.
ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.
2021−2022 yillarda yo‘l qurish va ta’mirlashda 45 ta holatda 34,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangan. Senatda topshiriluvchi obyektlar soni va qiymati hamda buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni bekor qilish holatlari yildan-yilga ortib borayotgani va boshqalar muhokama qilindi.
Toshkent hokimi 10 kun ichida poytaxtning asosiy ko‘chalaridagi barcha chuqurlarni to‘liq bartaraf etish yuzasidan topshiriq berdi. Shaharda jami 76 ta shunday ko‘cha bor — ta’mirlash jarayonida ustuvorlik dastavval aynan shu ko‘chalarga beriladi. Raqamli rivojlanish departamentining ma’lum qilishicha, «Xalq nazorati» portaliga ariza topshirish orqali ta’mirlash ishlarini tezlashtirishga yordam berish mumkin.
Prezident joriy yilda viloyatlarda jami 2300 km, poytaxtda 250 km sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, sement ishlab chiqarish hajmi shu yili 18 mln tonnaga yetkaziladi. Bosh prokuratura mazkur yo‘llar sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi. Import qilinadigan sement-beton qoplamali yo‘l qurish texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod etiladi.
2020 yil davomida Toshkent shahrida 492,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga ko‘chalarda qurilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Prezidentning poytaxt ko‘chalarini kengaytirish bo‘yicha bergan topshirig‘idan so‘ng, IIV tomonidan poytaxtda kengaytiriladigan ko‘chalar, qayta ochiladigan yo‘llar hamda yangi qurish reja qilingan yo‘nalishlar ro‘yxati e’lon qilindi. Batafsil.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting