Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari taklifi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan “Turkiston albomi (1871−1872)” va “Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari (1879−1937)” YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi.
26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, Ruminiya, Ukraina, Fransiya va Shveysariyadan kelgan san’atkorlar chiqish qiladi.
Prezident Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir boshchilik qiladi. O‘zbekistonni xorijda tanitish uchun turli tadbirlar uyushtiriladi, esdalik sovg‘alari chop etiladi va targ‘ibot ishlari olib boriladi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand shahrida Ipak yo‘li davlat muzeyini tashkil etish, Amir Temur bog‘larini qayta tiklash, Bibixonim majmuasini restavratsiya qilish, shuningdek, Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish to‘g‘risida master va menejment rejalari bo‘yicha qarorlar loyihalari ishlab chiqiladi.
YUNESKO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi 2025-yilda Samarqandda bo‘ladi. U 1985-yildan beri ilk marta Parijdan tashqarida o‘tkaziladi. Tashkilotga a’zo davlatlardan hech biri o‘z hududida konferensiyani o‘tkazishga taklif bermagani sabab oxirgi sessiyalar tashkilot shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tayotgandi.
YUNESKO Buxoroni “Ijodkor shaharlar tarmog‘i”ga kiritdi. 2025-yilda shaharda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesi bo‘lib o‘tadi, unda mahalliy hunarmandlar va rassomlar xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishlari mumkin bo‘ladi.
YUNESKO Interpol bilan birgalikda o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning virtual muzeyini yaratadi. Tashrif buyuruvchilar unda butun dunyodagi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan o‘g‘irlangan artefaktlarning 3D modellarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi. Avvalgi vakil Umid Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.
O‘zbekiston hududlaridan o‘tuvchi “Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari” transchegaraviy tabiat obyekti YUNESKO Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritildi. U Orolbo‘yi mintaqasi va Ustyurt platosi hududlarida joylashgan 2 mln gektardan ortiq hududni egallaydi.
Ar-Riyodda o‘tgan Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasida Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi 31 ta obyektidan iborat Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston va YUNESKO tomonidan sun’iy intellekt sohasida etikani targ‘ib qilish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi.
Mobil telefonlardan ortiqcha foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini pasaytiradi va bolalarning hissiy barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi, deyiladi YUNESKO hisobotida. Dunyoning har to‘rtinchi davlatida maktablarda smartfonlar allaqachon taqiqlangan.
Go‘zal manzaralar, ko‘p asrlik daraxtlar, flamingolarning kelishi kabi tabiat hodisalari va obyektlari yaratilayotgan O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi. Bu tabiatni inson harakatlaridan himoya qilish va kelajak avlodlar uchun saqlashga yordam berishi lozim.
Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidini ta’mirlash ishlari yakunlandi. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning «Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Erondagi Ipak yo‘li merosi yo‘laklari — Yevropa madaniy meros yilining xalqaro o‘lchovi» tashabbusi doirasida amalga oshirildi.
2022 yilda dunyoda 86 nafar jurnalist o‘z kasbiy faoliyati uchun o‘ldirilgan. BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk so‘nggi 10 yil ichida 1300 dan ortiq jurnalist o‘ldirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining yana ikkita elementi — ipakchilik va Xo‘ja Nasriddin latifalari YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Ular tashkilotga Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston tomonidan taqdim etildi.
Samarqandda fransuz haykaltaroshi, YUNESKOning Madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi Hedva Sirning «Tinchlik daraxti» monumenti ochildi. Marosimda uning o‘zi ham ishtirok etdi. Xuddi shunday yodgorlik yana 20 ga yaqin mamlakatda o‘rnatilgan.
Humo Arena’da #wearethechildren xalqaro fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. U YUNESKO va Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan erta yoshdagi bolalarni tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi arafasida ochildi. Ko‘rgazmada Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikada olingan fotosuratlar o‘rin olgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi. Davlat rahbari 2025 yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80 foizga yetkazilishni ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting