«yunusobod» tegli maqolalar


Toshkentda maktab qarshisida Nexia-3 o‘quvchini urib ketdi
13 fevral 2025, 03:09

Toshkentda maktab qarshisida Nexia-3 o‘quvchini urib ketdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 260-maktab yonginasida Nexia-3 mashinasi 10 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Piyoda shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda avtobus va ikkita yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
9 dekabr 2024, 12:29

Toshkentda avtobus va ikkita yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Yunusobod tumanida avtobus, Matiz va Tracker-2 ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan.

Toshkentda Nexia 3 bordyurga urilishi oqibatida yonib ketdi
31 oktabr 2024, 23:41

Toshkentda Nexia 3 bordyurga urilishi oqibatida yonib ketdi

Toshkentning Yunusobod tumanida Nexia 3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urildi. Oqibatda mashinada yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun beton aralashtirgich transportidagi suvdan ham foydalanildi.

Toshkentda Lada Largus yonib ketdi
17 iyul 2024, 22:15

Toshkentda Lada Largus yonib ketdi

Yunusobod tumanida qisqa tutashuv sabab Lada Largus mashinasi yonib ketdi. Yong‘inda hech kim jarohatlanmadi. Hozirda holat sabablari o‘rganilmoqda.

Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan
9 iyul 2024, 20:39

Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan

Yunusobodda suv quvuri yorilishi oqibatida 80−85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu poytaxtga bir kunda uzatiladigan ichimlik suvining 3,2 foizini tashkil qiladi. “Yo‘qotilgan suv zarari iste’molchilar tomonidan qoplanmaydi”, — dedi “O‘zsuvta'minot” vakili.

Yunusoboddagi suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi, elektr energiyasi keyinroq yoqiladi
3 iyul 2024, 21:54

Yunusoboddagi suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi, elektr energiyasi keyinroq yoqiladi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida suv quvuridagi avariyani bartaraf etish ishlari yakunlandi. Suv ta’minoti tiklandi. Yerto‘lalarda namlik borligi uchun elektr hozircha ulanmagan.

Foto: Yunusobodning quvur yorilishi oqibatida suvga to‘lgan hovlilari
3 iyul 2024, 16:53

Foto: Yunusobodning quvur yorilishi oqibatida suvga to‘lgan hovlilari

Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning hovli va yerto‘lalari quvur yorilishi oqibatida suvga to‘ldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin hodisa joyida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.

Toshkentda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib olgan niqobli shaxslar ushlandi
18 aprel 2024, 20:07

Toshkentda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib olgan niqobli shaxslar ushlandi

Toshkentning Yunusobod tumanida 16-aprelga o‘tar kechasi niqob taqqan noma’lum shaxslar 1 tup safora daraxtini ekskavator yordamida qo‘porib olib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Bosh prokuratura ularning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma’lum qildi.

Toshkentda niqobli shaxslar tunda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib oldi
17 aprel 2024, 11:59

Toshkentda niqobli shaxslar tunda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib oldi

Yunusobod tumanida kechasi bir guruh niqobli shaxslar davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida bir tup safora daraxtini qo‘porib oldi. Ekologiya vazirligi ularning shaxsini aniqlashtirish ishlari ketayotgani, daraxt esa to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda qayta ekilganini bildirdi.

Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi
17 avgust 2023, 10:05

Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi

17-avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Veolia Energy Tashkent ma’lum qilishicha, ta’minot taxminan soat 23:00 da qayta tiklanadi.

Toshkentdagi Yunusobod bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
8 iyun 2023, 14:14

Toshkentdagi Yunusobod bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori yaqinida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yunusoboddagi ayrim uylarda 1 sutkadan buyon elektr energiyasi va gaz yo‘qligi aytilmoqda
14 yanvar 2023, 12:52

Yunusoboddagi ayrim uylarda 1 sutkadan buyon elektr energiyasi va gaz yo‘qligi aytilmoqda

Yunusobod tumanining 11 dahasidagi 26, 27, 29, 30 uylar qariyb 18 soatdan beri «svet», gaz va issiqlik ta’minotidan uzilgan. Bu holat ko‘plab boshqa uylarda ham kuzatilmoqda. 1 sutkadan beri elektr energiyasisiz o‘tirgan yunusobodliklar tuman hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oldida yig‘ildi.

Ikki marta suiqasd uyushtirilgan daraxtlar bu safar betonlab ketildi
4 fevral 2022, 01:37

Ikki marta suiqasd uyushtirilgan daraxtlar bu safar betonlab ketildi

Poytaxtning Yunusobod tumanida tadbirkor qurilish uchun sotib olgan yer uchastkasida o‘sayotgan daraxtlarni tag qismidan betonlab tashladi. Bunga qadar 10 ta daraxt yarmigacha, keyinchalik ularning 4 tasi to‘liqligicha kesib ketilgandi. Daraxtlarni himoya qilishga uringan aholi va tadbirkor o‘rtasida mojaro kelib chiqdi.

Toshkentda 7 kishi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
8 noyabr 2021, 10:51

Toshkentda 7 kishi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

31 oktabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanida 7 kishi o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqdi. Videolarda birinchi tomon avtomobilda qochmoqchi bo‘lganida ikkinchi tomon uning baloniga pichoq tiqqanini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ajrimlarni kamaytirish uchun yoshlarga imomlar ta’lim berishi taklif qilindi
15 aprel 2021, 13:34

Ajrimlarni kamaytirish uchun yoshlarga imomlar ta’lim berishi taklif qilindi

Oilalarda ajrimning oldini olish masalasi bo‘yicha Yunusobod tumani hokimi tomonidan o‘tkazilgan majlisda nikohdan oldin yoshlarni imomlar tomonidan olib boriladigan 3 oylik o‘quv darslarida o‘qitish taklifi berildi. Shuningdek, ahloqiy jihatdan milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan teleserial hamda kinofilmlarni efirga uzatmaslik kerakligi aytildi.

Poytaxtning uchta tumanidagi maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkaziladi
15 mart 2021, 22:50

Poytaxtning uchta tumanidagi maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkaziladi

16 martdan Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablar onlayn o‘qish rejimiga o‘tkaziladi. Bunga o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatining keskin oshgani sabab bo‘lgan. O‘qish jarayonlari bir martalik karantin muddatiga masofaviy tarzda amalga oshiriladi.

Yunusobod metrosi qurilishidagi favqulodda holat bo‘yicha jinoyat ishi qanday yakun topdi?
24 dekabr 2020, 15:02

Yunusobod metrosi qurilishidagi favqulodda holat bo‘yicha jinoyat ishi qanday yakun topdi?

2019 yilning dekabr oyida Yunusobod metro liniyasi qurilishida tuproq o‘pirilishi natijasida 6 kishi halok bo‘lgan edi. Toshkent prokuraturasining «Gazeta.uz» so‘roviga javobida ilk bor favqulodda holat yuz berishida sababchi bo‘lgan to‘rt nafar mutaxassisning nomini ochiqladi. Idora nima sababdan ularga nisbatan ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan jinoyat ishi tugatilganiga izoh berdi.

Yunusobodda mast haydovchi urib yuborgan bola shifoxonada olamdan o‘tdi
25 avgust 2020, 14:15

Yunusobodda mast haydovchi urib yuborgan bola shifoxonada olamdan o‘tdi

Toshkentning Yunusobod tumanida mashina urib yuborgan ikki yoshli bola shifoxonada olamdan o‘tdi. Ayblanuvchi — mashinani mast holda boshqargan haydovchi — hodisa kuni qo‘lga olingan. Unga nisbatan ehtiyot chorasini sud belgilaydi.

Yunusobod tumanida COVID-19 ga test topshirish tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda
29 iyul 2020, 15:15

Yunusobod tumanida COVID-19 ga test topshirish tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda

Yunusobod tumanidagi “Oloy” bozori avtoturargohi hududida Immunitetni tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu yerda aholi COVID-19 ga test topshirish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting