Toshkentda so‘nggi ikki kun ichida to‘rt kishi spirtli ichimliklardan zaharlanishdan vafot etdi, bir kishi komada. Prokuratura xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Tarmoqlarda Oltiariq tumanida 41 nafar bog‘cha bolasi zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi 8 nafar bolada alimentar diareya aniqlanib, kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Boshqa bolalarda kasallik alomatlari aniqlanmagan, biroq 20 nafari shifoxonada kuzatuv ostida qolmoqda.
Norin tumanida katta yoshli er-xotin taxminan tarvuzdan zaharlanish oqibatida olamdan o‘tdi. Ularning ikki qizi va ikki nabirasi shifoxonaga yotqizildi.
Jomboy tumanida 19 nafar fuqaro to‘yda ovqatdan zaharlanib, tibbiyot birlashmalariga murojaat qilgan. Ulardan 14 nafarining sog‘ligi qoniqarli, 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda. Samarqand viloyat IIB ijtimoiy tarmoqlarda to‘yda 200 kishi zaharlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Olmaliq shahrida 36 kishi muzqaymoqdan zaharlanib, shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ulardan 31 nafariga ruhsat berilib, besh nafarining ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda. Bundan tashqari, huddi shu tashxis bilan yana 1Z nafar bemor tibbiyot birlashmasiga yotqizilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Noma’lum moddadan zaharlanish oqibatida Toshkent shahrida TATUning 3 nafar talabasi hamda 2 nafar Singapur instituti va Inxa universiteti talabalari vafot etdi.
Xorazmda choyxona egasi, turmush o‘rtog‘i va bir farzandi gaz o‘chog‘idan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ikki farzandi kuchli zaharlangan.
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida pomidordan tayyorlangan qo‘lbola konversava iste’mol qilgan oilaning uch a’zosi zaharlandi, 26 yoshli kelin hayotdan ko‘z yumdi.
Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilib zaharlandi. Ulardan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etdi. Qolgan shaxslar jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
Samarqand viloyatida bir oilaning barcha a’zolari zaharlandi. Hodisa oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi.
Buxoro viloyatida 29 yoshli ayol, uning 6 va 2 yoshli farzandlari is gazidan zaxarlanish tufayli hosil bo‘lgan nafas va yurak qon tomiri yetishmovchiligidan vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting