O‘zbekistonda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining 53,6 foizi (qariyb 11,5 million nafar) birinchi doza vaksinalarini oldi. 4,5 million nafardan ziyod fuqarolar esa koronavirusga qarshi barcha boschiqlarda emlab bo‘lingan.
Juma kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalarining dastlabki statistik tahlili e’lon qilindi. Unga ko‘ra, vaksina barcha shtammlar uchun umumiy 81,7% samaradorlikni namoyish etgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonotiga ko‘ra, «klinik tadqiqotlar natijasi vaksina aholiga koronavirus yuqishining oldini olishda samarali ekanini tasdiqlagan».
Xitoy-o‘zbek vaksinasi kabi rekombinant vaksinalar qanchalik samarali? Koronavirusga qarshi vaksinalar qanchalik yaxshi o‘rganilgan? Nima uchun O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib ZF2001 vaksinasidan ommaviy foydalanishni joriy qildi? «Gazeta.uz»ning bu va boshqa savollariga biotexnolog, molekulyar genetik, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov COVID-19 ga qarshi xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.
Toshkentdagi bozorlar, supermarketlar, mahallalar va boshqa gavjum obyektlar hududida 46 ta koronavirusga qarshi emlash punktlari ochildi. «Gazeta.uz» muxbiri ulardan birida vaksina oldi. Koronavirusga qarshi qanday qilib emlanish kerakligi, buning uchun nimalar zarurligi va ekspertlar fikriga tayangan holda o‘zbek-xitoy vaksinasining samaradorligi haqida.
O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi 1 mln dozasi olib kelindi.
O‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelindi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting