Koson tumani hokimligi panjaralari Qashqardayo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqididan so‘ng olib tashlandi. Tuman ma’muriyati fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralikka doim amal qilinishi, hokimlik xalq bilan o‘rtadagi har qanday to‘siqni olib tashlash tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkita dozasi bilan emlangan. Keyinroq viloyat rahbari «Sputnik V» vaksinasini ham qabul qilganligi ma’lum bo‘ldi. Bunga unda antitanachalar ko‘tarilmaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha xil vaksina bilan emlanishda nojo‘ya ta’sirlar xavfi borligi haqida ogohlantirib, fuqarolardan «o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini» so‘ragan edi.
Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 13−15 iyun kunlari o‘tkazilgan yoshlar festivalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev maqom kuyladi. Shuningdek, festival doirasida jurnalist va blogerlar mukofotlangan.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi yig‘ilishda Muborak tumani hokimi Ulug‘bek Ernazarov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini Qarshi tumani hokimining o‘rinbosari Akram Aripov egalladi.
Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev tashkiliy masalaga e’tibor qilmagani uchun 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib to‘laydi. Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan e’lon qilindi.
Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda o‘rnatilishi rejalashtirilgan bayroq va uning ustuniga davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmasligini aytdi. Ustunga ajratilgan 1,35 mlrd so‘m mablag‘ Qarshi shahridagi xaroba ahvoldagi 136-sonli oilaviy yotoqxonani ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi. Hokim ustun faqat homiy topilsagina qurilishini ta’kidladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qarshida qurilgan arzon uylarning katta qismini hokimiyat ishchilari olganini ma’lum qildi. “Barchasini chaqirib, sharmandasini chiqarib, oddiy fuqarolarga olib berganmiz”, — dedi u.
Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi 15 ta hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi. U faqat yaqinda tayinlangan viloyat hokimi o‘rinbosari Bahrom Yusupovga ruxsat berilganini qo‘shimcha qilgan.
Qashqadaryo viloyatida «Avtomobilsiz 1 kun» loyihasi doirasida viloyat sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari velopoyga uyushtirishdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar g‘olib bo‘lishdi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Isroil Amanov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga Muborak tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Samad Hasanov hokim lavozimiga ma’qullandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting