Samarqand viloyatida 27 yoshli ayol eri tomonidan kaltaklanganidan so‘ng bir necha kun o‘tib ahvoli yomonlashgan va shifoxonada vafot etgan. Zo‘ravonlikka uchragan ayol dastlab holatni mahalla idorasiga ma’lum qilgan. Biroq mahalla bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar bermagan.
“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahrining ayrim hududlarida bo‘lib, ishxonada xodimini kaltaklagan yo unga qo‘pollik qilgan rahbarlar borasida odamlar fikri bilan qiziqdi. Ulardan shunday vaziyatda qanday harakat qilishi va mushtumzo‘r mas’ullarning ustidan shikoyat qilishga qanchalik tayyorligi haqida so‘radi.
Inbazar kiyim do‘koni xodimi boshqa bir xodimni kaltaklagach, voqea jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Shundan so‘ng do‘kon asoschisining xodimlariga xatosi uchun kuch ishlatgani aks etgan videolari ham tarqaldi. Rahbarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ketmoqda. Voqealar rivoji.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Xotin-qizlar ko‘proq ruhiy, shuningdek, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchramoqda, dedi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayeva. Uning aytishicha, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti. 2024-yilning uch oyida ayollarga 10 mingdan ziyod himoya orderi berilgan.
Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli qiz bolalar ombudsmaniga onasining vafotidan keyin o‘zi va singlisiga otasining qilgan zo‘ravonliklari haqida aytdi. O‘smirlar bir necha bor uydan ham qochib ketgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda, vaziyat bolalar ombudsmani nazoratida.
Shofirkon tumanida salkam ikki yil davomida bolasini qiynoqqa solib kelgan ayolga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi. U farzandini beshikka bog‘lagan holda tayoq va boshqa jismlar bilan kaltaklagan.
Qonunchilik palatasi deputatlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va bulling qo‘shishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda.
Toshkentda ikki vayner ayol eridan kaltak yeb, ota uyiga borganda otasi ham bunga qizining o‘zini aybdor qilib, ortga qaytarib yuborgani aks etgan video ishlagandi. Sud buni tazyiq, zo‘ravonlik va jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.
Poytaxtning Yangihayot tumanida mast erkak onasining enagasini kaltakladi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yakkasaroy tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol harakat qilib, unga shikast yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi.
Zangiota tumanida 13 yoshli qizga nisbatan o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi. Ayolning ruhiy holatiga huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlandi.
Poytaxtdagi gul do‘konlarining birida 9 yoshda ekani aytilayotgan qizni mast onasi kaltakladi. Holatni bolalar ombudsmani o‘rganmoqda. “Qizcha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.
Huquq-tartibot idoralari Toshkent shahri shoshilinch tibbiy yordam markazi feldsherini bemorga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib qondirishda gumonlab, qo‘lga oldi.
Mirobod tumanida ayol farzandiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni kaltakladi. Ayol o‘sha vaqtda yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo‘lganini aytdi. Tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlandi.
Zangiota tumanida ayol sobiq eri uni 5 soat kaltaklab, shifoxonaga keltirgani, holatga mas’ullar e’tibor qaratmaganini aytib, murojaat qildi. Video tarmoqlarda tarqalgach, hokimliklar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va IIB vakillari ayol bilan uchrashib, holatni nazoratga oldi. Ayol poytaxtda davolanmoqda.
Toshkent shahar IIBB podyezdda qizga hujum qilgan 29 yoshli erkakning shaxsi aniqlangani va hibsga olinganini ma’lum qildi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida erkak qizning ortidan kelib, pod’ezdda unga teginish maqsadida hujum qildi, deya xabar berdi Nemolchi.uz loyihasi. Toshkent IIBB bu ma’lumotni tasdiqladi va noma’lum shaxs hali qo‘lga olinmaganini bildirdi.
O‘zbekistonda yilning dastlabki 7 oyida qariyb 21 871 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizga himoya orderi berildi. Qayd etilgan holatlarning 84,7 foizi oilalarda sodir etilgan.
Nemolchi.uz loyihasi 3−5-sinf o‘quvchilarini axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan va 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan maktab psixologi Azad Gasanov muddatidan oldin ozod etilgani haqida xabar berdi. Toshkent shahri ta’lim boshqarmasi esa u hozirda hech qaysi maktabda ishlamayotganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting