«zo‘ravonlik» tegli maqolalar


Ijtimoiy so‘rov: har o‘ninchi respondent oilada ayollarga kuch ishlatish mumkin deb hisoblaydi
18 may 2021, 11:31

Ijtimoiy so‘rov: har o‘ninchi respondent oilada ayollarga kuch ishlatish mumkin deb hisoblaydi

«Ijtimoiy fikr» so‘rovnomasida ishtirok etganlarning ko‘pchiligi oilada kuch ishlatish mumkin emas deb hisoblaydi. Lekin 10,3 foiz respondentlar «ayol o‘z xatti-harakati bilan erini kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda» kuch ishlatish mumkin, deb hisoblaydilar.

Namanganda xotinini ketmon bilan kaltaklagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi
28 aprel 2021, 10:25

Namanganda xotinini ketmon bilan kaltaklagan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Namangan viloyatida shar’iy turmushdagi xotinini muntazam qiynab, do‘pposlab kelgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tibbiy ekspertizada jabrlanuvchining tanasida yengil tan jarohatlari aniqlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda er xotinini arqon bilan bog‘lab, ketmon dastasi singuncha kaltaklaganligi aytilmoqda.

Ommaviy tartibsizlik va zo‘ravonlikka da’vat qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
31 mart 2021, 11:57

Ommaviy tartibsizlik va zo‘ravonlikka da’vat qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Ommaviy tartibsizliklar va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga chaqirganlar 100 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin bo‘ladi.

Prezidentni internetda haqoratlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
31 mart 2021, 11:32

Prezidentni internetda haqoratlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Internetda O‘zbekiston prezidentini haqoratlaganlik yoki unga tuhmat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin
24 mart 2021, 00:54

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin. Bu borada prezidentning qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan va shunga moyilligi bor shaxslarga ko‘maklashish tizimini qayta tashkil etish maqsad qilingan.

2020 yilda deyarli 15 ming nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan
26 yanvar 2021, 13:30

2020 yilda deyarli 15 ming nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan

2020 yilda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 14 ming 774 xotin-qizga himoya orderi berilgan. Himoya orderlari ko‘proq Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qashqadaryoda erkakni shafqatsizlarcha kaltaklagan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21 yanvar 2021, 16:34

Qashqadaryoda erkakni shafqatsizlarcha kaltaklagan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyatida bir erkak 3−4 nafar fuqarolar tomonidan vahshiylarcha qiynoqqa solindi. Erkaning qo‘l-oyog‘i bog‘liq holda, badani pichoq va issiq kapkir bilan kuydirilib, arqon bilan bo‘g‘ilgani aytilmoqda.

Andijonda ota o‘z qizini 9-sinfligidan buyon zo‘rlab kelganligi aytilmoqda
19 yanvar 2021, 18:43

Andijonda ota o‘z qizini 9-sinfligidan buyon zo‘rlab kelganligi aytilmoqda

Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Yo.R. 9-sinfligidan buyon otasi tomonidan zo‘rlab kelinganligini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha, voqeadan xabardor qo‘shnilar, qarindoshlar, ichki ishlar organlari xodimlari va mahalla mutasaddilari bu holatga befarq bo‘lgan. Hodisa yuzasidan prokuratura tekshiruvi boshlandi.

So‘nggi 11 oyda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan 10 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berildi
24 dekabr 2020, 18:05

So‘nggi 11 oyda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan 10 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berildi

Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, 2020 yilning dekabr oyiga qadar reabilitatsiya markazlari tomonidan 5 876 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayolga yordam ko‘rsatilgan va 11 138 nafar xotin-qizga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi berilgan.

O‘gay qiziga zo‘ravonlik qilgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
21 dekabr 2020, 12:52

O‘gay qiziga zo‘ravonlik qilgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Shirin shahrida 15 yoshli voyaga yetmagan qiz muntazam ravishda o‘gay onasi tomonidan kaltaklanib, ruhiy bosim ostida bo‘lganligi haqida videomurojaat orqali ma’lum qilgan. Hozirda shahar IIB tomonidan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Internat-maktab tarbiyalanuvchisi kaltaklanganligi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
13 dekabr 2020, 13:59

Internat-maktab tarbiyalanuvchisi kaltaklanganligi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Voyaga yetmagan maktab-internati tarbiyalanuvchisiga tan jarohatlari yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bola huquqlari bo‘yicha Ombudsman holatni nazorat ostiga olinganligini va zo‘ravonlar jazolanishini ta’kidladi.

Reabilitatsiya markazlariga deyarli 170 nafar erkak murojaat qilgan
5 noyabr 2020, 13:56

Reabilitatsiya markazlariga deyarli 170 nafar erkak murojaat qilgan

O‘zbekistonda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga nafaqat ayollar, balki erkaklar va bolalar ham murojaat qilishadi. Yanvar-sentyabr oylari davomida ushbu markazlar tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 18 nafar bola va 168 nafar erkaklar murojaati qabul qilingan.

Xotiniga najosat yedirgan erkak o‘z qilmishini oqlashga urindi
12 oktabr 2020, 13:25

Xotiniga najosat yedirgan erkak o‘z qilmishini oqlashga urindi

Xotinini kaltaklab, unga bolasining najosatini yedirgan erkak o‘z qilmishi sabablarini so‘zlab berdi.

Toshkentda zo‘ravon er xotiniga bolasining najosatini majburlab yedirdi
8 oktabr 2020, 20:14

Toshkentda zo‘ravon er xotiniga bolasining najosatini majburlab yedirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 46 yoshli er xotiniga bolasining najosatini majburlab yedirgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBB erkakning qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Eri tomonidan tahqirlangan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi ikki xonali uy ajratadi
10 sentabr 2020, 23:27

Eri tomonidan tahqirlangan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi ikki xonali uy ajratadi

Eri tomonidan ayovsiz kaltaklanib, «pampers» yedirilgan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi tomonidan ikki xonali uy ajratiladi. Shuningdek, ayol salomatligini tiklab olganidan so‘ng ishga joylashtiriladi.

Eri tomonidan kaltaklanib, «pampers» yedirilgan ayol bilan bog‘liq holat Senat nazoratiga olindi
8 sentabr 2020, 23:31

Eri tomonidan kaltaklanib, «pampers» yedirilgan ayol bilan bog‘liq holat Senat nazoratiga olindi

Samarqandda eri tomonidan vahshiylarcha kaltaklanib, «pampers» yedirilgan ayol bilan bog‘liq holat Senat nazoratiga olingani xabar qilindi. Jabrlanuvchi esa zo‘ravonga nisbatan Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) va 110- moddalari (qiynash) bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini so‘ramoqda.

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha aniq statistika yuritiladi
3 sentabr 2020, 19:01

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha aniq statistika yuritiladi

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida gender statistik ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish bo‘ycha elektron jurnal ishlab chiqildi. Bunday ma’lumotlarni yig‘ish O‘zbekistonda birinchi marta amalga oshirilmoqda.

Jarqo‘rg‘onda sudyalar xalq oldida obro‘sizlantirildi, sud xodimi esa do‘pposlandi
12 iyul 2020, 17:13

Jarqo‘rg‘onda sudyalar xalq oldida obro‘sizlantirildi, sud xodimi esa do‘pposlandi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hokimi va boshqalar sudyalarni xalq oldida obro‘sizlantirdi. Sud xodimi esa do‘pposlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga qamab qo‘ygan. Hozirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting