UzAuto Motors Chevrolet Equinox 2022 yilgi modelining narxni 250 mln so‘mdan 391 mln so‘mgacha etib belgiladi. Kompaniyaning ishontirishicha, yangi Equinox avtomobilining afzalligi uning gibrid tizimi hisoblanadi.
UZINFOCOM veb-sayt foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qiladigan DNSSEC texnologiyasini o‘rnatishni taklif qiladi.
O‘zbekiston internet tezligi reytingida o‘tgan yilgiga nisbatan 37 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 224 davlat ichida 166-o‘rinni egalladi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov ta’kidlashicha, IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun yanada osonlashtirish yo‘llarini topish kerak. «Buning uchun barcha choralarni ko‘rish zarur», — dedi u.
Hukumat qarori bilan 2021 yil yakunigacha barcha IIO tayanch punktlari, MFY, jazoni ijro etish muassasalari, profilaktika inspektorlari xonalari, xalq ta’limi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari internetga keng polosali ulanadi. 2022 yil 1 yanvardan ma’muriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan ulash ko‘zda tutilmoqda.
YUNICYeF O‘zbekistonda ota-onalar uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar salomatligi va rivojlanishining barcha jihatlari bo‘yicha mutaxassislar maslahati bilan ta’minlab beruvchi Bebbo mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilovada emlashlar, tibbiy ko‘riklar va bola hayotining boshqa muhim bosqichlarini ham qayd etib borish mumkin.
O‘zbekistonlik qizlardan tashkil topgan IT Queens jamoasi AI Journey 2021 konferensiyasida qatnashib, dipfeyk materiallarni aniqlay oladigan ishlanmani taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari orasida bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin loyiha muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
YouTube kontent mualliflarini hujumlardan himoya qilish uchun videolar ostidagi dizlayklar sonini yashirishni boshladi. Avvalroq o‘tkazilgan esperiment shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilar videoga berilgan salbiy baholar sonini ko‘rmasalar, ularning dizlayk tugmasini bosish ehtimoli kamroq bo‘ladi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Meta Platforms Qozog‘iston hukumatiga o‘zining kontent hisoboti tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etgani haqidagi xabarni rad etdi. Kompaniya vakili ta’kidlashicha, «Meta Platforms Qozog‘iston qo‘shma deb atagan bayonotni e’lon qilmagan». Qozog‘iston axborot vaziri esa bayonot kompaniyaning mintaqaviy ofisi rahbariyati bilan kelishinganligini ta’kidladi.
Meta Platforms Qozog‘iston hukumatiga o‘zining kontent haqida hisobot tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim qildi. Bunga Qozog‘iston hukumatining millionlab mahalliy foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqni bloklab qo‘yish bilan tahdid qilganligi sabab bo‘lgan. Tanqidchilar mamlakat hukumatini senzuraning yangi vositalariga ega bo‘lishga intilayotganlikda ayblamoqdalar.
Facebook o‘zining nomini Meta`ga o‘zgartirganini va odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» qurish haqidagi rejalarini e’lon qildi.
Apple mahsulotlarining ikkinchi kuzgi taqdimotida MacBook Pro noutbuklari, AirPods Pro simsiz quloqchinlari va HomePod mini «aqlli» karnaylari namoyish etildi. Ushbu taqdimotning asosiy yangiligi MacBook Pro uchun ishlab chiqilgan yangi protsessorlar bo‘ldi.
Microsoft kompaniyasi Windows 11 operatsion tizimini taqdim etdi. Kompaniya Windows 11`ni turkumdagi «eng xavfsiz» operatsion tizim, deya e’tirof etgan. Windows 10 o‘rnatilgan, Windows 11`ga mos keluvchi barcha kompyuterlar taxminan 2022 yil o‘rtalarigacha yangi operatsion tizimga o‘tishi kutilmoqda.
Fortune hisob-kitoblariga ko‘ra, yetti yarim soatlik uzilishlar natijasida Facebook taxminan 99,75 mln dollar yo‘qotgan. Forbes nashri platformadagi nosozlik sabab kompaniya aksiyalari narxi 4,8 foizga pasaygani va oqibatda Mark Sukerberg 5,9 mlrd dollar yo‘qotganini ma’lum qildi.
Apple mahsulotlarining yangi modellari taqdimotida iPhone 13 smartfonlarining to‘rtta modeli, yangi iPad va Apple Watch 7 «aqlli» soatlari namoyish etildi.
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Dmitriy Bogdanov kosmosga yuk yetkazib beruvchi ExoLaunch kompaniyasiga asos solgan. 2020 yilda ExoLaunch Ilon Maskning Space X kompaniyasi hamkoriga aylandi. Kelgusida ExoLaunch Mars va Oyni kolonizatsiya qilish loyihalariga yordam berishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 500 million dollardan 2 milliard dollargacha baholanmoqda.
Theranos biotexnologik startapi asoschisi Elizabet Xolms 10 yildan ortiqroq vaqt davomida ommaga arzon, qulay va yuqori sifatli qon tahlillarini olish texnologiyasini taqdim etishni va’da qilib kelgan. Lekin uning yolg‘onlari va firibgarlik sxemalari fosh etilgach, kompaniya qulashni boshlaydi. «Gazeta.uz» o‘z vaqtida 9 mlrd dollarga baholangan kompaniya tarixi va Elizabet Xolmsning kirdikorlari qanday fosh etilganligi haqidagi maqolani taqdim etadi.
Shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonunchilikni buzgan TikTok, Twitter, Skype va «VKontakte» internet platformalari qatoriga Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘i ham qo‘shildi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklangan.
Virgin Galactic kompaniyasi asoschisi Richard Brenson VSS Unity raketoplanida koinotga parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, kosmik turizm erasi boshlanganini e’lon qildi.
O‘zbekistonda TikTok, Twitter va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov qo‘yilganidan so‘ng, VPN dasturiga talab birdaniga ortdi. So‘nggi marta bunday holat 2018 yilning kuzida, Facebook va YouTube bloklanganida kuzatilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting