Madaniyat va sport ishlari vazirligi Respublika metodika va axborot markazi ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi jamoalar festivalga qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasidan “Gulzar” folklor-etnografik ansambli, “Jayhun shamollari”, “Besperde”, “Shugla” folklor-etnografik xalq ansambli, Xo‘jayli Mehribonlik uyi, “Progress” jamoasi,
- Andijon viloyatining “Gulruh”,
- Qashqadaryoning “Mahallada duv-duv gap”,
- Navoiyning “Yor-yor”,
- Toshkent viloyatining “To‘rg‘ay”,
- Toshkent shahrining “Gulshod” folklor-etnografik ansambli,
- Xorazm viloyatining “Avazxon”,
- Surxondaryoning “Bulbuligo‘yo”,
- Sirdaryoning “Sayxun yigitlari”,
- Jizzahning “Gashtak”,
- Farg‘onaning “Qo‘qon yor-yori”,
- Samarqandning “Chavqi”,
- Buxoroning “Jondor”,
- Namanganning “Hushnavo” folklor-etnografik xalq ansambli,
- Farg‘ona viloyatining Tursunali Mamajonov rahbarligidagi polvonlar jamoasi,
- Buxoro viloyatining “Buxoro yulduzlari”,
- Shahrisabzdan Sa’dulla Mamadaliev rahbarligidagi dorbozlar xalq jamoasi.
Jamoalar mazkur festivalni yuksak saviyada o‘tishi uchun qizg‘in tayyorgarlikni olib bormoqda.