FIFA rahbari boshliq delegatsiya 15-may kunning ikkinchi yarmida poytaxtga yetib keladi. Nufuzli mehmon ishtirokidagi asosiy tadbirlar tashrifning ikkinchi kuni — 16-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni Blatter respublika va O‘FF rahbariyati bilan uchrashadi. Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinadi, xabar qildi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

FIFA prezidenti Forumlar saroyi, Simpoziumlar saroyi, yangi qurib bitkazilgan “Lokomotiv” stadionida bo‘ladi, qurilishi davom etayotgan “Bunyodkor” stadionini kuzatadi.

Tashrif davomida Yozef Blatterga OFK prezidenti vazifasini bajaruvchi Jang Jilong hamrohlik qiladi.