O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Si Szinpinni uning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi etib saylangani munosabati bilan muborakbod etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Islom Karimov o’z maktubida O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi tarixan shakllangan an’anaviy do’stona munosabatlar va yaqin serqirra hamkorlik birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan bundan buyon ham Strategik sheriklik o’rnatish to’g’risidagi deklaratsiya ruhida, o’zaro hurmat va manfaatlarni e’tirof etish tamoyillari asosida sur’at bilan rivojlanib boraverishiga ishonch bildirdi.