«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi qarzi bor fuqarolar O'zbekistondan uchib keta olmayotgani haqidagi chet el OAV xabarlarini rad etdi.
«20-noyab kunidan boshlab bir qator chet el OAVlarida „MTS-O‘zbekiston“ operatori yo'ki kommunal to'lovlardan qarzi bor fuqarolar O‘zbekistondan chiqarilmayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan. O'zbekiston fuqarolari, barcha davlatlar fuqarolari kabi, kommunal yo'ki boshqa pulli xizmatlarni tariflarga asosan o'z vaqtida to'lashlari shart. To'lovlardan bosh tortganlik hollarida ushbu qarzdorlarga qarshi sudga da’vo beriladi va ijro qaydlariga asosangina qarzdorning xorijga chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin. Bu barcha davlatlarda qo'llanib kelayotgan amaliyot bo'lib, sudning ijro qaydlarini ta'minlash aeroportga emas, tegishli xizmatlarga yuklanadi» — deb ta'kidlangan MAK tarqatgan press-relizda.
«Ayrim qarzdorlarni xorijga chiqish huquqlarini cheklanganligining sababi, ushbu fuqarolar O'zbekiston qonunchiligini buzganliklari va sud organlari tomonidan ularga yuklangan majburiyatlarini bajarishdan bosh tortganliklaridir. „O‘zbekiston havo yo‘llari“ MAK har xil shubhali maqolalarga e'tibor bermaslikni tavsiya qiladi», — deb urg'ullangan xabarda.