«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi Qashqadaryo sayyohlik brendini yaratish uchun eng yaxshi g'oyalar uchun tanlov e’lon qildi.

Ochiq tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. Qashqadaryo viloyatining sayyohlik salohiyatini namoyon qila bilgan eng yaxshi brend g'oyasi, logotip yo'ki slogan mualliflariga sovg'alar taqdim etiladi.

Tanlov joriy yilning 20-dekabridan 2014-yilning 20-yanvar kunigacha davom etadi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan «O'zbekturizm» MK veb-saytida tanishish mumkin.