O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki «Samarqand» ochiq aksiyadorlik-tijorat bankidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib oldi.
Markaziy Bankning matbuot xizmati xabar berishicha, litsenziya amaldagi bank qonunchiligi talablarini buzganligi sababli bekor qilingan.
«Samarqand» banki 2000- yilda tashkil topgan edi.
Bankning yopilishi natijasida O‘zbekistonda hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklarning soni 27gacha tushdi.