3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Latviya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Edgars Bondarsni qabul qildi.
TIV matbuot xizmati xabar berishicha, yangi elchi Preziden Islom Karimovga yo'llangan ishonch yorlig‘ining nusxalarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Latviya hamkorligiga doir ikki- va ko'p tomonlama joriy masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarning istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy muammolar haqida fikr almashdilar.
Edgars Bondars 2013-yilning dekabrida diplomatik vakolati tugagan favqulodda va muxtor elchi Igors Apokinsni o‘rniga tayinlandi.