«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 10-martidan Toshkent-Navoiy va Navoiy-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus tarif kiritdi.
Toshkent-Navoiy yo‘nalishi bo‘yicha chipta narxi 29 yevroni va Navoiy-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 27 yevroni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun to‘lov Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mlarda amalga oshiriladi. Aksiya 31-mayiga qadar bajariladigan qatnovlarda amal qiladi.
Kompaniya shuningdek, Toshkent-Samarqand, Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi reklama tarifining amal qilishi davom etishini va bir tomonga narxi 16 yevroni tashkil qilishini eslatib o‘tdi.