15- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Niderlandiya Qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Bryusselda) Vladimir Norov Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandrga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Jahon» agentligi xabar bermoqda.
Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr Niderlandiyaning O‘zbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro aloqalarni jadallashtirishdan manfaatdorligini ta'kidladi.
Turli hil sohalarda xamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohyatning mavjud ekanligi qayd etildi.