27-30-mart kunlari Toshkentda Zamonaviy yapon kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbir Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan tashkillashtirilgan.
Yaponiya elchixonasining matbuot xizmati xabar berishicha, dasturdan o‘rin olgan to‘rtta badiiy va bitta animatsiyon filmlar oilaviy rishtalar ahamiyati, ushalmagan orzular, sevgi tarixi, yapon yoshlari va gangsterlari, shuningdek Okinava oroli haqida hikoya qiladi.
Namoyishni rejissor Masayuki Suo tomonidan 1991-yilda suratga olingan komediya — «Sumo jonga tegdi» filmi ochib beradi. U universitetdan haydalmaslik uchun sumo musobaqasida qatnashishga majbur bo‘lgan talaba haqida hikoya qiladi. Ushbu film bir qancha xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Namoyishlar jadvali (Kinochilar uyi, pushti zal)
27-mart
18:00 Ochilish marosimi (Katta zal)
18:30 «Sumo jonga tegdi» — Masayuki Suo, 1991-yil
28-mart
18:00 «Nabining muhabbati» — Yuji Nakae, 1999-yil
29-mart
18:00 «Kichik sonata» — Takeshi Kitano, 1993-yil
30-mart
14:00 «Ku ismli suv parisi bilan o‘tkazgan yozim» — Keyiti Xara, 2007-yil (anime)
17:00 «O‘g‘illar» — Yoji Yamada, 1991-yil.
Kirish bepul.