O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Polsha Respublikasi Prezidenti Bronislav Komorovskiyga ushbu davlatning janubida ro‘y bergan temir yo‘l fojiasi munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vladimir Putinga Rossiya Federatsiyasi Prezidentligiga saylangani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.
Oliy Majlis Senati Kengashi parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisini shu yil 23-24-mart kunlari chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Miroslav Yencha Toshkentga tashrif buyurdi.
27-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini tasdiqlaydigan qarorni qabul qildi.
26-fevral kuni Jizzax shahar hokimligida shahar hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sel toshqin hodisalalarining oldini olishga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘ldi.
Poytaxt va tuman hokimiyatlari rahbariyatining vakillaridan biri oyda bir marta fuqarolar savollariga javob beradi.
14-fevral kuni O‘zbekistonga BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (OTOIIK) ijrochi kotibi Noilin Xeyzer tashrif buyuradi.
O‘tgan yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 354 mln AQSH dollarini tashkil etdi, bu 2010-yildagidan ikki barobar ko‘p.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi.
O‘zbekiston Prezidentining 24-yanvardagi farmoniga binoan, Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Norber Justen Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi. U 20-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi vakillariga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2011-yilning yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Vetnam Prezidenti Chiong Tan Shangni ikkala mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.
Mintaqadagi tinchlikka tahdidlarning kuchayishi mudofaa va xavfsizlikni ta`minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha oldindan ishlab chiqilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovni ikki davlat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 20-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliy organlarining sessiyalarida ishtirok etdi.
20-22-dekabr kunlari Chexiya elchixonasida Chexiya davlatining sobiq Prezidenti Vatslav Havelning vafoti munosabati bilan xohlaganlar o‘z ta'ziyalarini bildirishlari uchun kitob ochiladi.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen Ir shanba kuni 69 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi 19-dekabr kuni Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Namangan va Jizzax shahar hokimliklari qoshida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona oyna markazlari ochildi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг