Madaniyat

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-aprel)
Kecha, 15:47

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-aprel)

O‘zbek tilidagi “Jentlmencha bo‘lmagan ishlar vazirligi” va “Yakshanba” filmlari hamda yana 8 ta kinopremyera, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, Xalqaro jaz festivali, konsertlar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Modernizm davridagi 10 ta bino milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi
23 aprel 2024, 11:51

Modernizm davridagi 10 ta bino milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga modernizm davriga oid yangi 10 ta bino kiritilishi, 10 tasining maqomi o‘zgartirilishi kutilmoqda. Ular orasida “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Kosmonavtlar” metro bekati va Aviasozlar saroyi bor.

“Sog‘inchimni qondirish uchun chizaman”. Umidjon Alimovning “Qishloq anatomiyasi” ko‘rgazmasidan reportaj
22 aprel 2024, 12:55

“Sog‘inchimni qondirish uchun chizaman”. Umidjon Alimovning “Qishloq anatomiyasi” ko‘rgazmasidan reportaj

Toshkent Fotosuratlar uyida qishloq hayotini tasvirlashi bilan tanilgan rassom Umidjon Alimovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Bunda ijodkorning 25 ishi namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, har bir suratga uning yaratilish tarixi haqidagi hikoyaga olib boruvchi QR-kodlar ilova qilingan.

300 ming dollarlik albom, mualliflik huquqi va dunyoni zabt etish maqsadi — bastakor Sulton Ali Rahmatov bilan intervyu
21 aprel 2024, 19:44

300 ming dollarlik albom, mualliflik huquqi va dunyoni zabt etish maqsadi — bastakor Sulton Ali Rahmatov bilan intervyu

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sulton Ali Rahmatov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida nega 13 yil davomida konsert qo‘ymagani, mualliflik huquqi, bugungi o‘zbek qo‘shiqchilari va boshqa mavzulardagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Dunyoni baribir zabt etaman”, — deydi sozanda va bastakor.

Toshkentda Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tadi
19 aprel 2024, 21:05

Toshkentda Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tadi

26−28-aprel kunlari Toshkent shahridagi O‘zbekiston Davlat musiqali komediya teatrida Operetta.uz II Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Belarus, Ozarbayjon, Rossiya va Qozog‘iston musiqali teatrlari vakillari ishtirok etadi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20−21-aprel)
19 aprel 2024, 15:49

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20−21-aprel)

Yettita kinopremyera, “Teplo” ko‘rgazma-yarmarkasi, poytaxt markazidagi ikkita marafon, “Million” jamoasi konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Toshkentda bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi o‘tkazilmoqda
19 aprel 2024, 14:01

Toshkentda bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi o‘tkazilmoqda

19−21-aprel kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida bolalar inklyuziyasi mavzusiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qiladi, so‘nggi kuni esa mahorat darslari, o‘yinlar, kitobxonlik o‘tkaziladi.

Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Munojat Yo‘lchiyeva va Og‘abek Sobirov Tojikiston xalq hofizi bo‘ldi
18 aprel 2024, 16:49

Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Munojat Yo‘lchiyeva va Og‘abek Sobirov Tojikiston xalq hofizi bo‘ldi

Emomali Rahmonning farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov, Munojatxon Yo‘lchiyeva, Og‘abek Sobirov va Yulduz Usmonovaga “Tojikiston xalq hofizi”, Yodgor Sadiyevga esa “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

Venetsiyada O‘zbekistondagi muzey kolleksiyalaridan iborat “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi
18 aprel 2024, 09:51

Venetsiyada O‘zbekistondagi muzey kolleksiyalaridan iborat “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi

Venetsiyadagi Ka Foskari universitetida “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining ikkinchi bo‘limi hisoblangan namoyishda Turkiston avangardining evolyutsiyasi haqida so‘z boradi.

Toshkentda “Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
17 aprel 2024, 14:45

Toshkentda “Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi “Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 20-aprelga qadar ko‘rgazma zallarida TURKSOY tashkilotiga a’zo mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston rassomlarining 70 dan ortiq asarlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi loyihasi taqdimoti bo‘ldi
16 aprel 2024, 18:14

Foto: Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi loyihasi taqdimoti bo‘ldi

Florensiyadagi Pitti saroyida “Nur va rang” ko‘rgazmasi ochildi. U “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining bir qismi bo‘lib, Yevropa jamoatchiligini ilk bor Toshkent va Nukus san’at muzeylari kolleksiyalaridagi rus va “sharq” avangard asarlari bilan tanishtirmoqda.

Toshkent shahri va viloyatlarda Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi (dastur jadvali)
11 aprel 2024, 13:02

Toshkent shahri va viloyatlarda Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi (dastur jadvali)

15−19-aprel kunlari Toshkent shahri va viloyatlarda Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan mahalliy va xorijiy rassomlarning ko‘rgazmalari, rassomlik va amaliy san’at bo‘yicha mahorat darslari, tarixiy, milliy va zamonaviy liboslar namoyishi o‘rin olgan.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−14-aprel)
9 aprel 2024, 17:49

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−14-aprel)

Bog‘lar va savdo markazlaridagi shou-dasturlar hamda konsertlar, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, Humo Bahor Fest, ko‘rgazmalar, art-bozor, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va ketma-ket dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi
8 aprel 2024, 17:17

Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi

25−30-aprel kunlari Xiva shahrida ikkinchi marotaba “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, hozirgacha 18 ta davlatdan raqs guruhlari festivalda qatnashish istagini bildirgan. G‘oliblar diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Madaniyat vazirligi “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratadi
8 aprel 2024, 14:33

Madaniyat vazirligi “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratadi

Madaniyat vazirligi o‘zining budjet mablag‘lari hisobidan 2024−2025-yillarda The Voice of Uzbekistan (“Ovoz”) teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratadi. Mablag‘ teleloyiha ishtirokchilarining ustozlari, badiiy rahbar, musiqa direktori va sozandalar uchun gonorar to‘lashga sarflanishi keltirilgan.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (6−7-aprel)
5 aprel 2024, 15:19

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (6−7-aprel)

“Дыши” va yana oltita kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, teatrlardagi spektakllar, havo sharida ko‘tarilish, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Poytaxtda “Toshkent bahori” opera va balet festivali o‘tkaziladi
4 aprel 2024, 18:29

Poytaxtda “Toshkent bahori” opera va balet festivali o‘tkaziladi

7−28-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatrida “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik san’atkorlar, Italiya, Germaniya, Qozog‘iston va Rossiyadan taklif etilgan solistlar ishtirok etadi.

Toshkentda sakkizinchi Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi
2 aprel 2024, 17:01

Toshkentda sakkizinchi Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, Ruminiya, Ukraina, Fransiya va Shveysariyadan kelgan san’atkorlar chiqish qiladi.

Italiyada O‘zbekistonning “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” ko‘rgazmasi namoyish etiladi
31 mart 2024, 11:18

Italiyada O‘zbekistonning “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” ko‘rgazmasi namoyish etiladi

Venetsiyadagi 60-zamonaviy san’at biyennalesida o‘zbekistonlik rassom Aziza Qodiriy va Qizlar Collective ijodiy guruhining “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” (Don't Miss the Cue) ko‘rgazmasi namoyish etiladi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, loyihada ayollar hikoyalariga e’tibor qaratilgan.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (30−31-mart)
29 mart 2024, 16:24

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (30−31-mart)

Oltita kinopremyera, spektakllar, multimedia ko‘rgazmasi, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar va aksiyalar, sirk tomoshalari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting