2023-yili YouTube`da o‘zbekistonlik kontent mualliflari sezilarli faollashgani munosabati bilan “Gazeta.uz” tahririyati yil yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan edi. Shu ishning mantiqiy davomi sifatida YouTube`da fevral oyida chiqqan videolar bo‘yicha ham kichik sarhisob tayyorlandi.
7-mart kuni poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi Markaziy Osiyo an’analari va madaniyati hamda XX asr tarixiy voqealarini aks ettirgan asarlar namoyish etiladi.
Qatarning Doha shahridagi dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 49 ta qo‘l mehnati namunasi, jumladan yog‘och, ikat shoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlar o‘rin olgan. Ko‘rgazma ochilishida prezident yordamchisi Saida Mirziyeyova ham qatnashdi.
Beshta kinopremyera, yarmarkalar, konsertlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, ko’rgazmalar va bolalar shoulari hamda dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Bu yil O‘zbekistonda turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi nishonlanadi. “Maxtumquli Firog‘iy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o‘rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir”, — deyiladi prezident qarorida.
Beshta kinopremyera, spektakllar, Yulduz Usmonova konserti, K-Pop Party, xayriya festivali, yugurish musobaqasi, musiqiy kechalar, bolalar shoulari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Pekindagi Xitoy san’ati va hunarmandchiligi milliy muzeyida O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga tashrifi vaqtiga to‘g‘ri keldi. Ko‘rgazmada zamonaviy rassomlarning 50 ta surati va hunarmandlar mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Prezident davlat idoralari xodimlari va rahbarlar teatrlarga tashrif buyurishi uchun har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilishni taklif etdi. Muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha 7 yillik dasturni qabul qilish va Fransiya bilan birga Milliy restavratsiya markazini tashkil etish reja qilinmoqda.
Prezident bozorni O‘zbekistonning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. U milliy madaniyatni aks ettiruvchi yangi zamonaviy bozor komplekslari loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Har bir hududda zargarlik majmualari tashkil etish, mehmonxona va mehmon uylari sonini ko‘paytirish reja qilindi.
Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”ni 86 mingdan ortiq kishi tomosha qildi. Unda O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati, jumladan, an’anaviy o‘zbek so‘zanasi, chopon va zargarlik buyumlari namoyish etildi.
Madaniyat vazirligi soha vakillarining uy olishida to‘lovning 50 foizini qoplab berishni taklif qildi. Loyiha muhokamalarga sabab bo‘lgach, vazirlik bunga munosabat bildirarkan, “soha vakillarining hammasi ham to‘y-hasham yoki boshqa tadbirlardan qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas”, deya ta’kidladi.
Toshkentda jinsiy zo‘ravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivali o‘tkazilmoqda. Rassomlar jamiyatning bir qismi jinsiy zo‘ravonlikni normal qabul qilishini ta’kidlaydi. Ular zo‘ravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat ko‘zi bilan qarashni targ‘ib etmoqda.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Bahodir Ahmedov va Avazxon Tadjixanov birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Yusufjon Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.
Madaniyat vazirligining xabar berishicha, san’atkorlar haqidagi portal to‘y va boshqa tadbirlarni rejalashtirayotgan muxlislarga ijrochilar bilan bevosita aloqada bo‘lishga yordam beradi. Saytda nafaqat 10 ga yaqin san’atkor, balki sohaning boshqa vakillari haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi, deydi vazirlik.
Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san’at sohasi vakillari va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, gastrol safarlarini moliyalashtirish kabi ishlar uchun Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Unga O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yil uchun ajratilgan pullardan 20 mlrd so‘m yo‘naltiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting