Jamiyat

Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi
Bugun, 00:23

Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Matiz yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, u voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda o‘tkazilgan reydlar chog‘ida qo‘lga olingan yana uch kishiga hukm o‘qildi
Kecha, 23:55

Toshkentda o‘tkazilgan reydlar chog‘ida qo‘lga olingan yana uch kishiga hukm o‘qildi

Sudlar o‘tgan yil oxirida jinoiy guruhlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlar doirasida hibsga olingan yana uch kishiga hukm chiqardi. Bular Azlarxon Muxamedjanov, Sunnatulla Xolmuradov va Umidjon O‘rinov.

20-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
Kecha, 23:03

20-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekiston va AQShning maxfiy ma’lumotlar bo‘yicha bitimi, 10 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston energosektoriga qaytgan Petronas, Namanganda boshlangan gullar festivalining ilk kuni, Eron prezidenti halok bo‘lgan aviafalokat tafsilotlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Farg‘onada maktab direktori ro‘molini yechishni istamagan o‘quvchi qizni kaltakladi (+video)
Kecha, 22:50

Farg‘onada maktab direktori ro‘molini yechishni istamagan o‘quvchi qizni kaltakladi (+video)

Farg‘onaning Buvayda tumanida maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltakladi. Holat tuman IIB nazoratiga olindi, tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chasining bir qismi ketma-ket ikki kecha yopiladi
Kecha, 21:14

Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chasining bir qismi ketma-ket ikki kecha yopiladi

Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining, shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 21−22-may kechasi ta’mirlash ishlari tufayli yopiladi. Xarita.

Toshkent viloyatida mamlakatga to‘pponcha va harbiy anjomlar olib kirishga uringan shaxs to‘xtatildi
Kecha, 19:52

Toshkent viloyatida mamlakatga to‘pponcha va harbiy anjomlar olib kirishga uringan shaxs to‘xtatildi

Bojxonachilar Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postida transport vositasi yukxonasidan 1 dona Makarov pistoleti, harbiy anjomlar va tig‘li sovuq qurollar topdi.

Toshkentdagi G‘alaba bog‘i qisqa muddatga yopildi
Kecha, 19:46

Toshkentdagi G‘alaba bog‘i qisqa muddatga yopildi

Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi va Shon-sharaf davlat muzeyida 20-maydan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari olib boriladi. Shu sababli bog‘ga kirish kirish vaqtinchalik to‘xtatildi.

4 oyda suvga noqonuniy ulanish bo‘yicha 2600 ga yaqin holat aniqlandi
Kecha, 18:08

4 oyda suvga noqonuniy ulanish bo‘yicha 2600 ga yaqin holat aniqlandi

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida ichimlik va oqova suv tizimlariga 2600 ga yaqin noqonuniy ulanish holati aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, oqibatda jamiyat manfaatlariga 51 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi — fotoreportaj
Kecha, 17:24

Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi — fotoreportaj

Namangan shahri bo‘ylab 63-xalqaro gullar festivalining ilk kunida gullarga burkangan avtokarvon yurib o‘tdi. Bayram arafasida 45 mln tupdan ziyod gul va buta ekildi. Bu yil an’anaviy tadbirda 6 mln kishi ishtirok etishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” 23-iyungacha davom etadigan festivaldan fotoreportaj tayyorladi.

Xalqaro ekspert Grant Kardonning “Savdo san’ati” kitobi o‘zbek tilida chop etildi
Kecha, 17:00

Xalqaro ekspert Grant Kardonning “Savdo san’ati” kitobi o‘zbek tilida chop etildi

Sotish, ko‘ndirish va ishontirishning amaliy usullari jamlangan Grant Kardonning “Savdo san’ati” kitobi o‘zbek tilida chop etildi.

Farg‘onada avtomashinadan noqonuniy olib kirilgan 270 dona smartfon aniqlandi
Kecha, 15:01

Farg‘onada avtomashinadan noqonuniy olib kirilgan 270 dona smartfon aniqlandi

Farg‘ona tumanida Cobalt avtomashinasidan qiymati 367 mln so‘m bo‘lgan 270 dona Xitoyning Tecno Spark smartfoni topildi.

Samarqandda 5 yoshli bola tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
Kecha, 14:27

Samarqandda 5 yoshli bola tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Nurobod tumanida 5 yoshli bola elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” faoliyati yuzasidan tekshiruv tayinlandi.

Surxondaryoda tuman sudi raisi YTHga uchrab jarohat olgani, uning sherigi vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Kecha, 13:10

Surxondaryoda tuman sudi raisi YTHga uchrab jarohat olgani, uning sherigi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda Denov tuman sudi raisi YTHga uchragani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda u jarohat olib, mashinadagi sherigi vafot etgan. Xizmat tekshiruvida sud raisi Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgan deb topilgan va vakolati muddatidan avval tugatilgan. Buning tergovga daxli yo‘qligi aytilmoqda.

Payshanbadan O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Kecha, 12:14

Payshanbadan O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Yomg‘irli va salqin o‘tgan dam olish kunlaridan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab chorshanbagacha quruq ob-havo hukm suradi, harorat 24−29 darajagacha isiydi. Payshanbadan boshlab ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi.

“Dolzarb 40 kunlik” reydlari doirasida ushlangan yana ikki shaxsga hukm o‘qildi
Kecha, 11:04

“Dolzarb 40 kunlik” reydlari doirasida ushlangan yana ikki shaxsga hukm o‘qildi

Sud 2023-yil oxirida Toshkentda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” reydlari doirasida ushlangan yana ikki shaxsga nisbatan hukm o‘qidi. Alibek Fayziyev 12 yilga va Olimjon Amonov 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topildi.

Samarqandda 6-sinf qizga sevishini aytgan 9-sinf o‘quvchisi “samosud” qilindi
Kecha, 10:35

Samarqandda 6-sinf qizga sevishini aytgan 9-sinf o‘quvchisi “samosud” qilindi

Pastdarg‘om tumanida 15 yoshli bola 6-sinf qizga sevishini aytgani uchun qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi. Yigit bolaning sochi va qoshini qaychi bilan qirqqan va tan jarohati yetkazgan. Samarqand viloyati IIB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi
Kecha, 10:19

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.

Toshkent viloyatida yuk poyezdining 7 ta vagoni relsdan chiqib ketdi
19 may 2024, 17:54

Toshkent viloyatida yuk poyezdining 7 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Tarmoqlarda Angren tumanida yuk poyezdining 7 ta vagoni relsdan chiqib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ holat xususiy kompaniyaga qarashli temiryo‘lda, yuk tushirish qoidalariga amal qilinmagani oqibatida sodir bo‘lganini bildirdi.

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi
19 may 2024, 17:27

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda 20-may soat 09:00 dan 21-may soat 21:00 gacha ichimlik suvi bo‘lmaydi. Bu paytda rejali profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun va daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdiri nima bo‘ldi?
19 may 2024, 14:30

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun va daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdiri nima bo‘ldi?

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun Prezident administratsiyasida muhokamada, daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi esa jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kutilmoqda. “Jarayon to‘xtab qolgani yo‘q, masala dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q”, — dedi Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxanov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting