Jamiyat

Isroilning Toshkentdagi elchixonasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan talaba 5 yilga qamaldi
8 may 2024, 20:11

Isroilning Toshkentdagi elchixonasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan talaba 5 yilga qamaldi

O‘zDJTUning 19 yoshli talabasi Isroilning Toshkentdagi elchixonasi binosiga kerosin shishasini uloqtirib, o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Urush qatnashchisining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida TDIUga qabul qilindi (video)
8 may 2024, 19:28

Urush qatnashchisining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida TDIUga qabul qilindi (video)

Ikkinchi jahon urushi faxriysi Muhiddin Do‘sanboyevning nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Oliy ta’lim vaziri bu “prezident sovg‘asi” ekani, qiz universitetning bu yilgi ilk talabasi bo‘lganini aytdi. Video.

“Tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak”. Oliy ta’lim vaziri — rektorlarni saylash haqida
8 may 2024, 17:34

“Tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak”. Oliy ta’lim vaziri — rektorlarni saylash haqida

Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. “Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin qilsak bo‘ladi”, — dedi u.

Toshkentda Yunusobod Business City loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi
8 may 2024, 17:00

Toshkentda Yunusobod Business City loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi

6-may kuni Intercontinental mehmonxonasida Yunusobod Business City yangi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda loyihani amalga oshirish bosqichlari va yetakchi investorlar hamda ekspertlarning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun avtomobilsozlik yo‘nalishida ish taklif qilmoqda
8 may 2024, 15:49

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun avtomobilsozlik yo‘nalishida ish taklif qilmoqda

Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida 3 ming nafar ishchiga talab borligi va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini bildirdi.

O‘zbekistonda aprel oyi me’yordan 1−2 daraja iliqroq bo‘ldi
8 may 2024, 15:27

O‘zbekistonda aprel oyi me’yordan 1−2 daraja iliqroq bo‘ldi

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha aprel oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi. Havoning o‘rtacha harorati 1−2 daraja iliq, respublika janubida esa me’yordan 3−5 daraja yuqori bo‘ldi.

Ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi
8 may 2024, 15:26

Ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi

O‘zbekiston OTMlarida magistratura va doktoranturaga qabul qilishda ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. Bir qancha sohalarda esa sertifikat talabi bir pog‘ona — B1 darajasiga tushiriladi.

Grantda o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi
8 may 2024, 15:22

Grantda o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Davlat OTMlarida grant asosida o‘qigan talabalarning o‘qishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartiriladi, sirtqi ta’lim kvotasi kunduzgi ta’limga ajratilgan miqdordan oshmaydi.

DXX salkam 1,4 kg oltinni Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan shaxslarni ushladi
8 may 2024, 15:07

DXX salkam 1,4 kg oltinni Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan shaxslarni ushladi

Andijondan Qirg‘izistonga o‘tuvchi chegara postlarida jami salkam 1,4 kg oltindan iborat buyum va qotishmalarni noqonuniy olib chiqib ketishga uringanlar ushlandi.

Davlat OTMlariga o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o‘zgardi
8 may 2024, 15:01

Davlat OTMlariga o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o‘zgardi

Universitetlarga kirish imtihonlaridan minimal o‘tish ballari 56,7 balldan 75,6 ballgacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun esa 94,5 ball etib belgilandi.

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi
8 may 2024, 12:55

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi.

Dehlidan Chikagoga uchgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
8 may 2024, 10:41

Dehlidan Chikagoga uchgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Dehlidan Chikagoga uchgan Air India samolyoti 86 yoshli yo‘lovchi yurak xurujiga uchragani sababli Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketildi.

7-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
7 may 2024, 22:39

7-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Urush qatnashchilari uchun 20 mln so‘m mukofot, Davlat grantini taqsimlash bo‘yicha yangicha tartib, O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga doir milliy rejasi, Oliy sudda oqlangan qatag‘on qurbonlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

8-may kuni Toshkentda harbiylarning piyoda yurishi bo‘lib o‘tadi
7 may 2024, 20:31

8-may kuni Toshkentda harbiylarning piyoda yurishi bo‘lib o‘tadi

8-may kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona yurishi bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar G‘alaba bog‘idan Magic City parkigacha harakatlanadi. Poytaxtning bir qator ko‘chalari transportlar uchun yopiladi (xarita).

10−12-may kunlari Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi
7 may 2024, 17:52

10−12-may kunlari Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 10,11,12-may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq poytaxtdan Qarshiga ham 8, 9-mayda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi bo‘lishi xabar qilingandi.

BEKOR QILINDI: Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prik 7−9-may kunlari yopilmaydi
7 may 2024, 17:34

BEKOR QILINDI: Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prik 7−9-may kunlari yopilmaydi

Qoraqalpog‘istonda fevral oyi oxirida ochilgan Amudaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prik 7−9-may kunlari yopilishi rejalashtirilgan edi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ko‘prik yopilmasligini ma’lum qildi.

“Kamolon osh” markazi asoschisi Sa’dullo Saidov vafot etdi
7 may 2024, 16:21

“Kamolon osh” markazi asoschisi Sa’dullo Saidov vafot etdi

Toshkentdagi “Kamolon osh” asoschisi Sa’dullo Saidov vafot etdi. Uning Tailandga qilgan safari chog‘ida cho‘kib ketgani aytilmoqda. Osh markazi 3 kunga faoliyatini to‘xtatdi.

Surxondaryoda 360 bosh qo‘y sel kelishi oqibatida nobud bo‘ldi
7 may 2024, 15:24

Surxondaryoda 360 bosh qo‘y sel kelishi oqibatida nobud bo‘ldi

Sherobod tumanida sel oqizib ketishi oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Qo‘ylar jasadi Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun dezinfeksiya qilinib ko‘mildi.

Jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi
7 may 2024, 13:47

Jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoshda vafot etdi. U MTRK tizimida 27 yil davomida ishlagan, shuningdek, so‘nggi yillarda “Yangi O‘zbekiston” gazetasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy rejasi ustida ish olib borilmoqda
7 may 2024, 13:36

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy rejasi ustida ish olib borilmoqda

Toshkentda bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishi va moslashuv masalalariga bag‘ishlangan anjumanda milliy moslashuv rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi. Bunday rejaga ega bo‘lish Iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga sodiq bo‘lgan har bir davlat uchun majburiydir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting