Jamiyat

Xorazmda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga tarsaki tushirgani hamda bola qo‘liga igna kirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi
6 may 2024, 17:17

Xorazmda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga tarsaki tushirgani hamda bola qo‘liga igna kirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Gurlan tumanida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga bir necha bor tarsaki tushirgani aks etgan video va bolalardan birining qo‘liga igna kirgani surati tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

IT startaplar va “shahar ichidagi shahar”: Qozog‘istonning yirik ishlab chiqaruvchisi Ӯzbekistonga nima taklif qildi?
6 may 2024, 17:00

IT startaplar va “shahar ichidagi shahar”: Qozog‘istonning yirik ishlab chiqaruvchisi Ӯzbekistonga nima taklif qildi?

III Xalqaro investitsiya forumi doirasida iqtisodiyot sohasidagi xalqaro ekspertlar, shuningdek, BI Group kompaniyasini o‘z ichiga olgan yirik xorijiy biznes vakillari “arzon” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha munozaralar o‘tkazildi.

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
6 may 2024, 15:45

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

9−11-may kunlari to‘qqizta viloyatning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.

Toshkentdan Qarshiga “Afrosiyob”ning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
6 may 2024, 15:36

Toshkentdan Qarshiga “Afrosiyob”ning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8, 9-may kunlari Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Jizzaxda er 25 yoshli xotinini urib o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
6 may 2024, 14:29

Jizzaxda er 25 yoshli xotinini urib o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Sharaf Rashidov tumanida er xotiniga og‘ir tan jarohatlari yetkazib, uni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda. Ayolning qarindoshlari aytishicha, oilada doimiy janjallar bo‘lib turgan. Shu janjallarning birida marhumaga himoya orderi ham berilgan bo‘lgan.

Haftaning ikkinchi yarmi yomg‘irli o‘tadi
6 may 2024, 12:48

Haftaning ikkinchi yarmi yomg‘irli o‘tadi

Haftaning birinchi yarmida aksariyat hududlarda quruq ob-havo bo‘lishi, harorat +33 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Payshanbadan nam havo massalari barcha hududlarga tarqaladi. Harorat +20 darajagacha pasayib, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
6 may 2024, 11:03

Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning 2−3 balli ta’siri qo‘shni tumanlar, shuningdek, Qashqadaryoda sezildi.

Samarqandda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 3 sutkaga qamaldi
6 may 2024, 10:58

Samarqandda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 3 sutkaga qamaldi

Urgut tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 27 yoshli yigit o‘quvchi qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 3 sutkaga qamaldi. Sudda yigit hech kimga shilqimlik qilmagani, faqat o‘quvchisiga tanbeh berganini aytib ko‘rsatuv berdi.

Ro‘yxat: Hukumat qarori bilan davlat muhofazasiga olingan mozaikalar
6 may 2024, 09:04

Ro‘yxat: Hukumat qarori bilan davlat muhofazasiga olingan mozaikalar

Vazirlar Mahkamasining mart oyidagi qarori bilan O‘zbekiston hududidagi 157 ta binodagi mozaika va pannolar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi va davlat muhofazasi olindi. “Gazeta.uz” ularning ro‘yxati va manzillarini taqdim etadi.

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
5 may 2024, 13:30

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi viloyatning Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan hududlarida ham sezildi.

Veolia Energy Tashkent daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan qiz voqeasi ortidan ish jarayonini o‘zgartirmoqchi
5 may 2024, 11:10

Veolia Energy Tashkent daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan qiz voqeasi ortidan ish jarayonini o‘zgartirmoqchi

Veolia Energy Tashkent ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan bir yoshli qizning oilasiga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Kompaniya ish jarayonlariga, jumladan, ta’mirlash ishlariga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda.

Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi
5 may 2024, 09:44

Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatgani aniqlandi. Poytaxt maktabgacha ta’lim boshqarmasi tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Chery Buxoro viloyatidagi avtomobil egalarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi
4 may 2024, 15:00

Chery Buxoro viloyatidagi avtomobil egalarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi

ADM Global kompaniyalar guruhi 27-aprel kuni Buxoro viloyatida With Chery With Love tadbiri doirasida Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari egalarini jamladi.

Toshkent viloyatida ekoinspektorlarga hujum qilgan 2 brakoner ushlandi
4 may 2024, 13:57

Toshkent viloyatida ekoinspektorlarga hujum qilgan 2 brakoner ushlandi

Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan ikki brakoner ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlar ikki inspektorni suvga yiqitib, rezina qayiqlarni yoqib yuborgandi.

Toshkentda bir yoshli qizning ustiga daraxt qulashiga nima sabab bo‘ldi?
4 may 2024, 11:58

Toshkentda bir yoshli qizning ustiga daraxt qulashiga nima sabab bo‘ldi?

Chilonzor tumanida daraxt qulab, 1 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruvda suv quvurlarini ta’mirlaganlar qazish ishlarini olib borishi oqibatida bir tup daraxt ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay, yiqilgani aniqlandi. Hodisa sababli bitta avtomobilga ham zarar yetgan.

Onix TJMda kapital ta’mirlangan kottejlarni oldindan bron qilish boshlandi
4 may 2024, 11:00

Onix TJMda kapital ta’mirlangan kottejlarni oldindan bron qilish boshlandi

Onix turar joy majmuasidagi kottejlar uchun kapital ta’mirlash va kadastr bilan erta bron qilish imkoniyati mavjud.

Ohangarondagi to‘qayzor yoqib yuborilishi oqibatida tabiatga salkam 460 mln so‘m zarar yetgan
4 may 2024, 09:48

Ohangarondagi to‘qayzor yoqib yuborilishi oqibatida tabiatga salkam 460 mln so‘m zarar yetgan

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi to‘qayzorda oldin taxmin qilinganidek 1500 ta emas, 775 ta daraxt va buta yoqib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 459,6 mln so‘m zarar yetgan. Ekologiya bo‘limi yerni auksiondan olib, davlatga qaytarish bo‘yicha prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.

Toshkentdagi maktabda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi
4 may 2024, 09:39

Toshkentdagi maktabda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi

Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 4 nafar 8-sinf o‘quvchisi dars paytida qarta o‘ynagani uchun ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Sinf rahbariga esa intizomiy chora ko‘rildi.

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi
4 may 2024, 00:00

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi

O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish bo‘yicha China CAMC Engineering kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish uchun Xitoydan ekspert guruh yuboriladi. O‘zbekiston chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olishni maqsad qilgan.

3-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
3 may 2024, 23:10

3-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Matbuot erkinligi reytingida 11 o‘rin pastlagan O‘zbekiston, Qirg‘izistonning Toshkentdagi yangi elchixonasi, to‘qimachilik sohasidagi tadbirkorlarga imtiyozlar, gaz transporti tizimini modernizatsiya qilish zarurati va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting