O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Malayziyani mag‘lub etdi (statistika, video, foto).
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan yakunladi.
O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tgan zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Tailandning Pxuket shahrida o‘tgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari: Akbar Jo‘rayev va Sharofiddin Amriddinov 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 64-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa 8-o‘rinni qayd etdi. Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda.
“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson bilan yangi kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi. Qarz Denilsonga 2026-yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028-yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo‘ldi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov FIDEning mart oyi yakunlari bo‘yicha rasmiy reytingida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-o‘rinni egalladi.
2013-yildan beri Regbi federatsiyasiga raislik qilib kelayotgan Sodiq Safoyev ushbu lavozimga qayta saylandi.
AQShning Michigan shtatida o‘tkazilgan professional boks oqshomida Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertasni 1-raunddayoq mag‘lub etdi. Sportchi uni IBA kamari uchun jangda mag‘lub etgan avvalgi raqibi Sabriel Matiasdan revansh jangini so‘radi.
O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi “Andijon” — “Bunyodkor” o‘yinida raqibini “hazillashib” tepgan Usmonali Ismonaliyevni (Bunyodkor) 2 ta o‘yinga chetlashtirdi. Jamoadoshini zarbadan so‘ng yiqilishga majburlagan Farhod Bekmuratovga ham (Andijon) jarima qo‘llandi. Holat videosi tarmoqlarda millionlab marta ko‘rildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 ikkinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston turnirning uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi (video, foto).
Gruziyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistondan borgan 18 nafar sportchining 2 nafari — Sardor Nurillayev va Sharofiddin Boltaboyev kumush medal oldi. Toshkentda o‘tgan avvalgi turnir o‘zbekistonliklarga omadliroq kelgandi (6 ta medal).
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari JCH-2026 saralash o‘yinlarida Gonkongga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Futbolchi Eldor Shomurodov maydonning sifatsizligini qayd etib, OFKdan hamma uchun yagona talabni belgilashni so‘radi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati-2026 saralash bosqichining 3-tur uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto). Jamoa 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Rossiyalik jurnalist va sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etdi. O‘limining dastlabki sababi sifatida o‘pka emboliyasi — o‘pka arteriyasida hosil bo‘lgan tromb ko‘rsatilmoqda.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichida Gonkongga qarshi o‘yinni intiqib kutayotgani, o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurasha olishi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, mamlakat ilk bor JCHga chiqoladigan jamoaga aylandi.
WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov muddatidan oldin yuqori lavozimga ko‘tarildi. Ichki ishlar vaziri unga mayor maxsus unvonini berdi.
Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini kengaytirish rejalarini tasdiqladi. Mavjud stadion va maydonlardan samarali foydalanish, ular mavjud bo‘lmagan joylarda esa DXSH asosida yangisini qurish rejalashtirilgan. “Gazeta.uz” fuqarolar futbol maydonlari buzilishiga qarshi chiqqan holatlar haqida yozgandi.
YChLning chorak final bahslariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, chorak finalda “Arsenal” — “Bavariya”, “Atletiko Madrid” — “Borussiya Dortmund”, “Real Madrid” — “Manchester Siti”, “Barselona” — “PSJ” klublari yarim final uchun bahslashadi.
WBA chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovga prezident sovg‘asi — narxi 1,04 mlrd so‘m bo‘lgan Tahoe avtomobili topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting