19 oktyabr kuni Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, deya xabar berdi YHXBB matbuot xizmati.
Taxminan soat 06:30 larda Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi «Olma Ota-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘li bo‘ylab Lacetti avtomashinasida harakatlanib ketayotgan haydovchi B.N. (1982 y.t.) yo‘lning burilib olish qismida o‘zidan oldinda burilib olayotgan «Gaz-5327» rusumli transport vositasining orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada Lacetti avtomashinasi haydovchisi B.N va yo‘lovchi B.Yu. (1987 y.t.) og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etishgan. Shuningdek, Lacetti avtomashinasi yo‘lovchilari T.H. (1975 y.t.), T.D. (1989 y.t), hamda T.B. (1983 y.t.) turli tan jarohatlari bilan Jomboy tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.