«yth» tegli maqolalar


Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi
Bugun, 00:23

Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Matiz yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, u voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda tuman sudi raisi YTHga uchrab jarohat olgani, uning sherigi vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Kecha, 13:10

Surxondaryoda tuman sudi raisi YTHga uchrab jarohat olgani, uning sherigi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda Denov tuman sudi raisi YTHga uchragani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda u jarohat olib, mashinadagi sherigi vafot etgan. Xizmat tekshiruvida sud raisi Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgan deb topilgan va vakolati muddatidan avval tugatilgan. Buning tergovga daxli yo‘qligi aytilmoqda.

Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi
19 may 2024, 09:10

Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi

Muzrabot tumanida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Sobalt haydovchisi 2 nafar bolani urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi.

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi
17 may 2024, 11:23

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida 2 ta Howo va Sany yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Andijonda Lacetti piyodalar o‘tish joyida o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
16 may 2024, 10:45

Andijonda Lacetti piyodalar o‘tish joyida o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi

Paxtaobod tumanida 21 yoshli Lacetti haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida 41 yoshli piyoda oyoq sinishi bilan bog‘liq jarohat oldi.

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi
16 may 2024, 00:38

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida MAN va Yutong avtobuslari to‘qnashdi. YTHda jarohat olganlar yo‘q, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda Damas piyodalar o‘tish joyida 11 yoshli qizni urib ketdi
14 may 2024, 17:05

Samarqandda Damas piyodalar o‘tish joyida 11 yoshli qizni urib ketdi

Pastdarg‘om tumanida Damas piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni urib yubordi. Qiz tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi
14 may 2024, 10:01

Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida KamAZ haydovchisi 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. “Kenja farzandim edi, bog‘chada ham juda dono edi. Hech kimning boshiga bu tashvish tushmasin”, — deydi marhumning otasi.

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14 may 2024, 09:23

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida Matiz (taksi), Lacetti, Spark va Isuzu to‘qnashdi. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketdi, 2 kishi jarohat oldi.

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi
13 may 2024, 14:36

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi

Chilonzor tumanida BYD Han avtomashinasini guvohnomasiz boshqargan 22 yoshli haydovchi YPX inspektorini qasddan urib yubordi. Xodim ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13 may 2024, 13:33

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Sherobod tumanida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 59 yoshli haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi. Tarmoqlarda YTHga yo‘ldagi chuqurlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi
11 may 2024, 17:04

Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Malibu 45 yoshli piyodani urib yubordi. Erkak hodisa joyida vafot etdi.

Toshkentda yuqori tezlikdagi Kia urib yuborgan piyoda vafot etdi
9 may 2024, 22:37

Toshkentda yuqori tezlikdagi Kia urib yuborgan piyoda vafot etdi

Sergeli tumanidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida yuqori tezlikda harakatlangan Kia haydovchisi 27 yoshli piyodani urib yubordi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi. Tarmoqlarda piyoda ikki mashina o‘rtasida uyushtirilgan poyga yo‘lagiga tushib qolganini ko‘rish mumkin.

Samarqandda Сobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi
1 may 2024, 14:42

Samarqandda Сobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi

Samarqand shahrida Сobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 15 yoshli o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizildi.

Namanganda o‘quvchi boshqaruvchidagi Lacetti urib yuborgan talaba vafot etdi
30 aprel 2024, 09:40

Namanganda o‘quvchi boshqaruvchidagi Lacetti urib yuborgan talaba vafot etdi

Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi 4 nafar talabani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri jarohat oldi, biri shifoxonada vafot etdi. “Bolamning berkitib mashina minib kelishidan xabarim yo‘q edi”, — dedi o‘quvchining onasi.

Surxondaryoda Damas`ning “tormozi” ishlamay qolishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
23 aprel 2024, 22:19

Surxondaryoda Damas`ning “tormozi” ishlamay qolishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Boysunda tik balandlik paytida to‘xtash tizimida nosozlik yuzaga kelgan Damas yo‘l chetidagi molxonaga urildi. Oqibatda mashina salonidagi 3 nafar yosh bola va 3 nafar ayol halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani 8 nafar yo‘lovchi bilan boshqargan, deyiladi tuman YHXB xabarida.

Qashqadaryoda yuqori tezlikdagi Damas urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi vafot etdi
21 aprel 2024, 19:31

Qashqadaryoda yuqori tezlikdagi Damas urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Shahrisabz shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini yuqori tezlikda kelayotgan Damas urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi, haydovchi qamoqqa olindi.

Farg‘onadagi YTHda 21 yoshli haydovchi halok bo‘ldi
20 aprel 2024, 19:49

Farg‘onadagi YTHda 21 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan Spark Volkswagen bilan to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.

Jizzaxda yuqori tezlikdagi Gentra urib yubogan 2 o‘quvchi vafot etdi
19 aprel 2024, 09:34

Jizzaxda yuqori tezlikdagi Gentra urib yubogan 2 o‘quvchi vafot etdi

G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida bolalar vafot etdi, shuningdek, mashina urib ketgan qoramol ham nobud bo‘ldi. Surishtiruv davomida haydovchi 4 oyda 11 marotaba qoida buzgani aniqlandi.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
17 aprel 2024, 02:49

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

16-aprel yarim tunda Toshkentning Shayhontoxur tumanida 5 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. Jarohat olganlar yo‘q. YHXB surishtiruv ishlarini boshladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting