Andijon shahar shimoliy sanoat hududidan yer olib berishni va’da qilganlik holatiga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXXning viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro U.N. fuqaro J.ni Andijon shahar sanoat hududida joylashgan o‘ziga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektiga tutash yer maydonidan qo‘shimcha yer uchastkasi ajratib bera olishiga ishontirgan.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
U 50 ming AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishini aytgan. Oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.