Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Andijondan Qirg‘izistonga o‘tuvchi chegara postlarida jami salkam 1,4 kg oltindan iborat buyum va qotishmalarni noqonuniy olib chiqib ketishga uringanlar ushlandi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi.
Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarga yer maydonlarini mansabdor tanishlari orqali noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.
DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini olib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
DXXning Toshkent viloyati va shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarida 19,7 kg sintetik narkotik moddalar olib qo‘yildi. Aniqlanishicha, Rossiya va Qozog‘istondan olib o‘tilgan moddalarni internet orqali sotish rejalashtirilgan.
DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video).
DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan.
Huquq-tartibot idoralari Andijonda tadbirkorga 42 mlrd so‘mlik yo‘l qurilishi loyihasini olib berishni va’da qilgan ikki shaxsni qo‘lga oldi.
Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. Besh marta sudlangan fuqaroga yana firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
DXX Andijon, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida AQShga fuqarolarni noqonuniy yuborishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi. Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarolardan 14 mingdan 19 ming dollargacha pul so‘ralgan.
DXX Andijon, Qashqadaryo va Toshkentda katta miqdorda pora olayotgan mansabdor shaxslarni ushladi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov olib borilmoqda.
2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.
Qo‘qon shahrida fuqaro 121 mln so‘mlik salkam 6 ming dona sifatsiz dori vositasini Namangandagi dorixonalariga sotib yubormoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.
Namanganda O‘zbekistondan Hindistonga sotish uchun noqonuniy ravishda oltin olib chiqishni rejalashtirgan ikki shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Musodara qilingan 30 dona tillaning og‘irligi 1 kilogramm 516 gramm, qiymati esa 1 milliard 400 million so‘mni tashkil etadi.
Jizzax viloyati Transport boshqarmasining bosh mutaxassisi 6,6 ming dollar, Chinoz tumani hokimligi xodimi 6 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Sirdaryoning Guliston shahrida hokimiyat zaxirasidagi yerni boshqa bir shaxsga noqonuniy olib berishga uringan ikki kishi 300 ming dollar talab qilib, shundan 50 ming dollarini olganda ushlandi. DXXga ko‘ra, jinoiy ishga 2018−2021-yillarda Guliston tumanini boshqargan Shavkat G‘afurov ham aloqador bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting