3 aprel kuni soat 21:10larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur YTHda 5 ta avtomobil: Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia ishtirok etgan.
20 yoshli Nexia haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Foto: YHXBB