12 may kuni Samarqandda YTH oqibatida piyoda vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Hodisa soat 4:00 larda Samarqand tumani, Yangiariq mahallasi hududidan o‘tgan A-378 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 42 yoshli Turkiya fuqarosi o‘z boshqaruvidagi yuk avtomashinasida piyodani urib yuborgan.

Natijada Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida yashagan 39 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgan.