13 iyul kuni Mirobod tumanida Tracker avtomobili piyodani urib yuborgan, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.
Hodisa taxminan soat 06:40 da Mirobod tumanidagi Nukus va Mirobod ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Tracker avtomobilini boshqarib borgan 20 yoshli L.Z. boshqaruvni bajara olmasdan 56 yoshli piyoda — M.Ya.ni urib yuborgan.
Piyoda badan shikastlari oqibatida voqea joyida vafot etdi.
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarinining buzilishi odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.